Printerning noto‘g‘ri ishlashi tufayli kontaktlarning ma’lumotlari yo‘qotilishi mumkin. Ma’lumotlarni yangilashingiz bilan ularni zahiraviy nusxalarini olib qo‘yishni tavsiya qilamiz. Har qanday ma’lumotlarning yo‘qotilishi, ma’lumotlar va/yoki parametrlarni zahiraviy nusxalash yoki qayta tiklash uchun Epson xattoki kafolat muddati davomida ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Web Config yordamida printerga saqlangan kontaktlar nusxasini kompyuterga saqlab olishingiz ham mumkin.
Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.
Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan kompyuterdan printer IP-manzilini kiriting.
Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati
Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.
Quyidagi tartibda tanlang.
Device Management paneli > Export and Import Setting Value > Export
Contacts bayroqchalaridan birini tanlang.
Masalan, agar Scan/Copy toifasi ostida Contacts ni tanlasangiz, Fax toifasi ostidagi shunday bayroqcha ham tanlanadi.
Eksport qilingan faylni shifrlash uchun parolni kiriting.
Faylni import qilish uchun sizdan parol talab qilinadi. Agar faylni shifrlashni xohlamasangiz, bu yerni bo‘sh qoldiring.
Export-ni cherting.