JPEG sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
JPEG sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
Sxema
JPEG faylining qolip usulini tanlash. 1 yuqoriga bir sahifada bitta fayl chop qilinayapti. 20 yuqoriga — bir sahifada 20 ta fayl. Indeks — ma’lumot bilan indeksni chop etish.
Ramkaga moslash
Tasvirni tanlangan bosma sxemasiga avtomatik ravishda sig‘dirish maqsadida kaltalash uchun Yoniq qilib qo‘ying. Rasm bilan qog‘oz o‘lchamining tomonlar nisbati bir xil bo‘lmasa, rasmning kalta tomoni qog‘ozning kalta tomoniga mos kelishi uchun kattartiriladi yoki kichraytiriladi. Rasmning uzun tomoni qog‘ozning uzun tomonidan oshib ketsa, oshig‘i qog‘ozga tushmaydi. Bu xususiyat panoramali suratlarda ishlamasligi mumkin.
Sifat
Yuqoriroq sifatda chop etish uchun Eng zo'rni tanlang, biroq sekinroq chop etilishi mumkin.
Sana
Surat olingan yoki saqlangan sanasining formatini tanlang. Ayrim sxemalarda sana chop etilmaydi.
Rasmni tuzatish
Suratning yorqinligi, kontrasti va to‘yinganligini avtomatik ravishda yaxshilash uchun shu rejimni tanlang. Avtomatik yaxshilashni o‘chirib qo‘yish uchun Yaxshilashni o‘chirish bandini tanlang.
Qizil ko‘zni tuzat
Suratlardagi qizil ko‘zni avtomatik ravishda tuzatish uchun Yoniq qilib qo‘ying. Tuzatishlar asl faylga emas, balki chop qilishlarga qo‘llaniladi. Fotosurat turiga bog‘liq ravishda tasvirning ko‘zdan boshqa qismlari tuzatilishi mumkin.