Guruh yoki foydalanuvchi ruxsatlarini qo‘shishingiz mumkin.
O‘ng tugmani bosing va keyin Xususiyatlar-ni tanlang.
Xavfsizlik panelini tanlang.
Tahrirlash-ni cherting.

Guruh yoki foydalanuvchi nomlari-ning ostidagi Qo‘shish-ni cherting.

O‘zingiz kirishga ruxsat bermoqchi bo‘lgan guruh yoki foydalanuvchi nomini kiriting va Nomlarni tekshirish bandini bosing.
Nomga tagiga chiziq qo‘shiladi.
Agar siz guruh yoki foydalanuvchining to‘liq nomini bilmasangiz, nomning bir qismini kiriting va keyin Nomlarni tekshirish tugmasini bosing. Nomning bir qismiga mos keluvchi guruh nomlari yoki foydalanuvchi nomlari ro‘yxati ko‘rstiladi va keyin siz ro‘yxatdan to‘liq nomni tanlashingiz mumkin.
Agar faqat bitta nom mos kelsa, tagiga chizilgan to‘liq nom Tanlash uchun obyekt nomini kiritish da ko‘rsatiladi.

OK tugmasini cherting.
Ruxsatlar ekranida Guruh yoki foydalanuvchi nomlari-da kiritilgan foydalanuvchi nomini tanlang, O'zgartirish-ga kirishga ruxsatni tanlang va keyin OK tugmasini cherting.

Ekranni yopish uchun OK yoki Yopish-ni cherting.
Faylning foydalanuvchilarning kompyuterlaridan yoki kirish ruxsatiga ega bo‘lgan guruhlardan o‘qib bo‘lishi va baham ko‘rilgan jildga yozilishi mumkinligini tekshiring.