O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish
Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.
Parametrlarni asliga qaytarish
Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Ko‘proq tanlamalar panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.
Siyoh darajasi
Taxminiy siyoh darajasini ko‘rsatadi.
Qog‘oz manbasi
Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerningdagi chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tazdda tanlash uchun Avto tanlash bandini tanlang.
Hujjat o‘lchami
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan-ni tanlasangiz, qog‘ozning kengligi va balandligini kiriting, va so‘ngra o‘lchamni ro‘yxatdan o‘tkazing.
Natijaviy qog‘oz
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchamiNatijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.
Hujjatni katta/kichraytirish
Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.
Sahifaga moslashtirish
Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.
Miqyos
Ma’lum foiz bilan chop qiladi.
Markaz
Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.
Qog‘oz turi
Chop etishingizda foydalanadigan qog‘oz turini tanlang.
Sifat
Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Siz tanlagan qog‘oz turiga mos tarzda sozlamalar mavjud. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.
Joylashuv
Chop etishingizda foydalaniladigan yo‘nalishni tanlang.
Rangli
Rangli yoki oq-qorada chop etishni tanlang.
2 tomonlama chop qilish
2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.
Settings
Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin.
Bosma zichligi
Chop qilish zichligini sozlash uchun hujjat turini tanlang. Agar mos chop qilish zichligi tanlangan bo‘lsa, qog‘ozning orqa tomoni orqali tasvirlar rangini aralashib ketishining oldini olish mumkin. Chop qilish zichligini qo‘lda sozlash uchun Foydalanuvchi tayinlagan bandini tanlang.
Ko‘p
Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun qolip tartibi ustiga bosing.
Teskari tartiblash
Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.
Copies
Chop qilmoqchi bo’lgan nusxalar sonini qo‘ying.
Birlashtir
Tartib bo’yicha qo’yilgan yoki to’plamlarga ajratilgan ko’p sahifali hujjatlarni chop qiladi.
Teskari tartiblash
Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.
Sokin rejim
Printerdan chiqadigan shovqinni pasaytiradi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Oldindan ko‘rish
Chop qilishdan oldin hujjatingiz tasvirini ko’rsatadi.
Job Arranger Lite
Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.