O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Nusxalash uchun ilg‘or menyu parametrlari
Ko‘p
Nusxalash qolipini tanlang.
Bitta
Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.
2 ta
2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
4 ta
4 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.
Original o‘lchami
Originalning o‘lchamini tanlang. Nostandart o‘lchamdagi originallardan nusxa olishda originalga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.
Yakunlash
Bir nechta originalning bir nechta nusxasini qanday chiqarishni tanlang.
Guruhlash (bir xil sahifalar)
Originallarni guruh sifatida sahifalar bo‘yicha nusxalaydi.
Taxlash (sahifa tartibi)
Originallarni o‘z tartibida taxlab, to‘plamlarga to‘plagan holda nusxa ko‘chiradi.
Yo‘nalish (Original)
Asl nusxaning yo‘nalishini tanlang.
Tasvir sifati
Tasvir sozlamalarini rostlash.
Kontrast
Yorqin va qoramtir qismlarining farqini rostlash.
Rangning to‘yinganligi
Ranglarning jo‘shqinligini rostlash.
Qizil rang muvozanati, Yashil rang muvozanati, Ko‘k rang muvozanati
Har bir rangning zichligini rostlash.
Rangning ravshanligi
Tasvirning konturini rostlash.
Rang tusi
Terining tusini rostlash. Sovitish (yashilni oshirish) uchun + belgisini bosing, ilitish (qizilni oshirish) uchun - belgisini bosing.
Fonni olish
Fon rangining zichligini rostlash. Yorqinlatish (oq) uchun + belgisini bosing, qoraytirish (qora) uchun - belgisini bosing.
Tikish hoshiya
Bog‘lash holati, hoshiyasi va aslingiz yo‘nalishi kabilarni tanlang.
Sig‘dirish
Skanerlangan tasvirni qog‘oz o‘lchamiga sig‘dirish uchun Kich-sh/keng-sh qiymatidan ko‘ra kichikroq o‘lchamda nusxa oladi. Agar Kich-sh/keng-sh qiymati qog‘oz o‘lchamidan kattaroq bo‘lsa, axborot qog‘ozdan tashqariga bosilishi mumkin.
Soyani olib tashlash
Qalin qog‘ozni nusxalashda nusxalar atrofidagi soyani yoki broshyurani nusxalashda o‘rtasidagi soyani olib tashlaydi.
Teshiklarni olib tashlash
Nusxalashda qistirish teshiklarini olib tashlaydi.
ID karta nusxa
ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va qog‘ozning bir tomoniga nusxa ko‘chiradi.