
|
|
Printerni yoqadi yoki o‘chiradi. Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. |
|
|
Bosh ekranni namoyish qiladi. |
|
|
Ruxsatlar boshqaruvi yoqilganida printer tizimidan chiqadi. Ruxsatlar boshqaruvi o‘chirilganda bu ham o‘chirib qo‘yiladi. |
|
|
Yordam ekranini ko‘rsatadi. Bu yerdan muammolarga yechimlarni ko‘rishingiz mumkin. |
|
|
Joriy vazifani pauza qiladi va boshqa vazifani to‘xtatish imkonini beradi. Pauza qilingan vazifani davom ettirish uchun ushbu tugmani bosing. |
|
|
Joriy sozlamalarni standart sozlamalarga qaytaradi. Agar foydalanuvchi tomonidan standart sozlamalar belgilanmagan bo‘lsa, zavod holatiga qaytaradi. |
|
|
Kontaktlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Kontaktlarni qayd qilish, tahrirlash yoki o‘chirish mumkin. |
|
|
Songa oid sozlamalarni, masalan, nusxalar soni sozlamalarini tozalaydi. |
|
|
Raqamlar, harflar va belgilarni kririting. |
|
|
Vazifa holati menyusini ko‘rsatadi. Printer holati va vazifalar tarixini tekshirishingiz mumkin. Chap tomondagi xatolik chirog‘i miltillaydi yki xatolik yuz berganda yonib qoladi. Printer ma’lumotlar ustida amal bajarayotganda o‘ng tomondagi axborot chirog‘i miltillaydi. Navbatda vazifalar bo‘lsa, u yonib qoladi. |
|
|
Qog‘oz ekranini ko‘rsatadi. Har bir qog‘oz manbasi uchun qog‘oz o‘lchami va turini tanlash mumkin. |
|
|
Joriy operatsiyani to‘xtatadi. |
|
|
Menyular va xabarlarni namoyish qiladi. Ma’lum vaqt davomida hech qanday harakat bajarilmagan hollarda printer uyqu rejimiga kiradi va displey o‘chadi. Displeyni yoqish uchun sensorli ekranning istalgan joyiga teging. Joriy sozlamalarga qarab, boshqaruv panelidagi tugmalarni bosish printerni kutish rejimidan chiqaradi. |
|
|
Avvalgi ekranga qaytadi. |
|
|
Olingan hujjatlar hali o‘qilmagan, chop etilmagan, saqlanmagan holda printer xotirasida turganida yonadi. |