Qog‘oz sozlamasi sifatida Avtomatik aniqlash-ni tanlaganingizda qog‘oz o‘lchamining quyidagi turlari avtomatik ravishda tanib olinadi.
Vertikal joylashtirish: A4, B5, A5, 16K*
Asl nusxaning uzun qirrasini ADF ning qog‘oz uzatgich kirishi tomonga yoki skaner oynasi ning chap tomoniga qarab joylashtiring.

Gorizontal joylashtirish: A3, B4, A4, B5, A5 (faqat skaner oynasi), 8K*, 16K*
Asl nusxaning qisqa qirrasini ADF ning qog‘oz uzatgich kirishi tomonga yoki skaner oynasi ning chap tomoniga qarab joylashtiring.

*: K oʻlcham ustuvorligi yoqib qo‘yilganida qog‘oz aniqlanadi. Biroq siz foydalanayotgan funksiyalarga bog‘liq holda u aniqlanmasligi mumkin. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagi tegishli ma’lumotlarga qarang.
Quyidagi asl nusxalarning o‘lchamlari to‘g‘i aniqlanmasligi mumkin. Agar o‘lchamlar aniqlanmasa, o‘lchamni boshqaruv panelida qo‘lda o‘rnating.
Yirtilmagan, buklanmagan, g‘ijimlanmagan yoki egilmagan asi nusxalar (agar asl nusxalar egilgan bo‘lsa, asl nusxalarni joylashtirishdan avval egilgan joylarni tekislang.)
Ko‘plab bog‘lash teshiklariga ega bo‘lgan asl nusxalar
OHP lar, yarim shaffof asl nusxalar yoki yaltiroq asl nusxalar