Qog‘ozning har ikkala tomoniga chop qilish uchun quyidagilardan biridan foydalanishingiz mumkin.
Avtomatik 2 tomonlama chop qilish
Qo‘lda 2-tomonlama chop qilish
Printer birinchi tomonni chop qilib bo‘lgach, ikkinchi tomoniga chop qilish uchun qog‘ozni aylantiring.

Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo‘lmagan qog‘ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.
Qog‘oz va ma’lumotlarga bog‘liq ravishda siyoh qog‘ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.
Agar siz EPSON Status Monitor 3 yordamida bosib chiqarish holatini tekshirishni xohlasangiz, bu o‘rnatilishi kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Biroq, printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan ulashib foydalanilganda bu chop qilishdan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.
Asosiy panelida 2 tomonlama chop qilish usulini tanlang.
Sozlamalar-ni cherting, mos parametrlarni belgilang va keyin OK-ni cherting.
Bosma zichligi-ni cherting, mos parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Bosma zichligi o‘rnatilganda siz hujjat turiga qarab chop qilish zichligini sozlashingiz mumkin.
Qo‘lda 2 tomonlama chop qilish funksiyasini tanlaganingizda bu sozlama ishlamaydi.
Hujjat turini tanlash oynasidagi Bosma zichligini sozlash va Sifat ichki oynasidagi Asosiy uchun tanlangan parametrlarga qarab chop qilish tezligi pastroq bo‘lishi mumkin.
Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.
Qo‘lda ikki tomonlama chop qilishda birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna koʻrinadi. Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.