> Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar > Shrift xususiyatlari > Epson BarCode Font (Faqat Windows uchun) > Shtrix-kodlarni kiritish va formatlash bo‘yicha eslatmalar

Shtrix-kodlarni kiritish va formatlash bo‘yicha eslatmalar

Shtrix-kod belgilarini kiritish va formatlashda quyidagilarni yodda tuting:

  • Quyuq, kursiv yoki tagiga chizish kabi soyalash yoki maxsus belgi formatlashini qo‘llamang.

  • Shtrix-kodlarni faqat oq-qorada chop qiling.

  • Belgilarni burishda burish burchaklari uchun faqat 90˚, 180˚ va 270˚ ni ko‘rsating.

  • Ilovangizda belgilar va so‘zlar oralig‘ini avtomatik qo‘yish sozlamalarini o‘chirib qo‘ying.

  • Ilovangizdagi belgilarni faqat vertikal yoki faqat gorizontal yo‘nalishda kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi xususiyatlardan foydalanmang.

  • Ilovaningizning imlo xatolari, grammatika, bo‘sh joylar kabilar bo‘yicha avtomatik tuzatish funksiyalarini o‘chirib qo‘ying.

  • Strix-kodlarni hujjatingizdagi boshqa matnlardan osongina ajratib olish uchun ilovangizni paragraf belgilari, tabulyatsiyalar kabi matn belgilarini ko‘rsatadigan qilib o‘rnating.

  • Boshlash polosasi va To‘xtatish polosasi kabi maxsus belgilar Epson BarCode Font tanlanganda qo‘shilishi tufayli shundayligicha chop qilinganda natijaviy shtix-kod ko‘proq belgilarga ega bo‘lishi mumkin.

  • Eng yaxshi natijaga ega bo‘lish uchun faqat o‘zingiz foydalanayotgan Epson BarCode Font uchun “Epson BarCode Font xususiyatlari” da tavsiya qilingan shrift o‘lchamlaridan foydalaning. Boshqa o‘lchamlardagi shtrix-kodlar barcha shtrix-kod o‘qish qurilmalarida o‘qilmasligi mumkin.

  • Chop etish sozlamalari va Standart da Kulrang shkala ni yoki Sifat da Yuqori ni tanlang.

Eslatma:

Chop qilish zichligiga yoki qog‘oz sifati yoki rangiga bog‘liq ravishda shtrix-kodlar barcha shtrix-kod o‘qish qurilmalarida o‘qilmasligi mumkin. Ko‘p miqdorda chop etishdan oldin bir namuna chiqaring va shtrix-kodlarni o‘qisa bo‘lishiga amin bo‘ling.