> Mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar > Mahsulot texnik xususiyatlari > O‘rnatish joylashuvi va bo‘sh joy

O‘rnatish joylashuvi va bo‘sh joy

Foydalanish xavfsizligini kafolatlash uchun printerni quyidagi shartlarga javob beradigan joyga joylashtiring.

  • Printer vaznini ko‘tara oladigan tekis, turg‘un yuza

  • Printer ventilyatsiya teshiklari va tirqishlarini to‘sib yoki yopib qo‘ymaydigan joylar

  • Qog‘ozni osongina solish va olish mumkin bo‘lgan joylar

  • Ushbu qo‘llanmadagi “Atrof-muhitga xos xususiyatlar” bo‘limida keltirilgan shartlarga javob beruvchi joylar

Muhim:

Printerni quyidagi joylarga joylashtirmang; aks holda noto‘g‘ri ishlashi yuzaga kelishi mumkin.

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushuvchi joy

  • Printerni harorati va namligi keskin o‘zgaruvchi joylar

  • Yong‘in yuz berishi mumkin joylar

  • Uchuvchan moddalar ta’siri ostidagi joylar

  • Turtishlar yoki tebranishlar ta’sir qiladigan joylar

  • Televizor yoki radio yaqiniga

  • Ortiqcha kir yoki changlar yaqiniga

  • Suv yaqiniga

  • Havo konditsioneri yoki isitish jihozi yaqiniga

  • Havo namlantirgich yaqiniga

Statik elektr toki hosil qilishi mumkin bo‘lgan hoylarda statik elektr tokining hosil bo‘lishining oldini olish uchun sotuvda mavjud bo‘lgan antistatik matdan foydalaning.

Printerni to‘g‘ri o‘rnatish va undan to‘g‘ri foydalanish uchun yetarlicha joy qoldiring.

A

1559 mm

B

1324 mm

C

772 mm

D

383 mm

E

100 mm

F

529 mm