Texnik xizmat qutisini almashtirish uchun quyidagi yo‘l-yo‘riqlarni o‘qing.
Texnik xizmat ko'rsatish qutisining yon tomonidagi yashil chipga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.
Qutining tepasidagi plenkani olmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.
U plastik paketga plombalanmagunicha texnik xizmat ko'rsatish qutisini qiyshaytirmang; aks holda suyoh oqib ketishi mumkin.
Texnik xizmat ko'rsatish qutisini to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siridan saqlang.
Chop qilish vaqtida texnik xizmat ko'rsatish qutisini almashtiring; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.
Olib qo'yilgan va uzoq vaqtdan beri foydalanilmagan texnik xizmat ko'rsatish qutisidan qayta foydalanmang. Quti ichidagi siyoh qotib qoladi va boshqa siyohni so'rib bo'lmaydi.