Yechimlar
Agar fayl Adobe Photoshop kabi fayl formatini o‘zgartirishga imkon beradigan ilovada yaratilgan bo‘lsa, ilovadagi sozlamalar printer drayveridagi sozlamalarga mos kelishiga amin bo‘ling.
Ikkilik formatida yaratilgan EPS fayllari to‘g‘ri chop etilmasligi mumkin. Ilovada EPS faylini yaratishda formatini ASCII qiling.
Windows tizimida printer USB interfeysi orqali kompyuterga ulangan bo‘lsa, u ikkilik axborotni chop eta olmaydi. Printer xossalarining Qurilma sozlamalari sahifasida Chiqarish protokoli sozlamasini ASCII yoki TBCP qilib qo‘ying.
Windows tizimida printer xossalarining Qurilma sozlamalari sahifasida tegishli o‘rindosh shriftlarni tanlang.