Bu menyudan foydalanib mahsulotni tizim ma’muri singari saqlashingiz mumkin. U sizga ishingiz yoki ofis uslubiga mos bo‘lishi uchun mahsulot xususiyatlarini alohida foydalanuvchilar uchun cheklab qo‘yishga imkon beradi.
Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Faks, Kompyuterga (e-pochta) va Tarmoqdagi jild/FTPga skanerlash menyulari uchun kontaktlarni qayd etish va/yoki o‘chirib tashlash.
Ko‘p ishlatiladigan kontaktlarga tez kirish uchun qayd etish. Ro‘yxat tartibini o‘zgartirish ham mumkin.
Kontaktlar ro‘yxatini chop etish.
Kontaktlar ro‘yxati ko‘rinishini o‘zgartirish.
Kontakt qidirish usulini o‘zgartirish.
Auto dan foydalanib nusxa ko‘chirilayotganda hujjatning oq-qora yoki rangli ekanligini aniqlash uchun rangga sezgirlik sozlamasini tanlang.
Sezgirlikni Oq va qorani oshirish bilan Rangni oshirish orasidagi beshta darajasidan bittasidan tanlashingiz mumkin.
U Oq va qorani oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar oq-qoraga yaqinroq rangda skanerlanadi va Rangni oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar rangli skanerlanadi.
ADF skanerlash komponentlarini tozalayotganingizda xabardor qiluvchi xabar ko‘rsatilmasligini xohlasangiz, O‘chirish bandini tanlang.
Interfeys tomonidan saqlangan rangli va monoxrom sahifalarning jami sonini qayta o‘rnatadi: Starndart tarmoq, Qo‘shimcha tarmoq va Boshqa.
Biroq bosmalarning jami soni va qog‘oz o‘lchami bo‘yicha chop qilingan sahifalar soni qayta o‘rnatilmaydi.
Ixtiyoriy tarzda o‘rnatilgan tarmoq interfeysidan chop qilingan sahifalar soni “Qo‘shimcha tarmoq” da va USB interfeys, faks, nusxalash kabilardan chop qilingan sahifalar soni “Boshqa” da sanaladi.
Interfeys tomonidan saqlaangan sahifalarning joriy sonini Foydalanish tarixi varag‘idan (Sozlamalar > Printer holati/Bosma > Ishlatish tarixi varag'i) tekshirishingiz mumkin.
Bu element PCL yoki PostScript’ga mos printerda namoyish qilinadi.
Printer ichki xotirasidagi yuklab olingan shrift va PCL chop qilish yoki parolli chop qilish ishi uchun makros kabi ma’lumotlarni o‘chiring.
Ichki qattiq diskka saqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun sozlamalarni o‘rnatishni bajaring.
Chop qilish, nusxalash va skanerlash bo‘yicha ishlar autentifikatsiyali chop qilish va katta miqdorda nusxalash, skanerlash, chop qilish kabilarni bajarishda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun vaqtinchalik qattiq diskka saqlanadi. Ushbu ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish uchun sozlashlarni amalga oshiring.
Yoqilganida chop qilish yoki skanerlash yakunlangani kabi hollarda ma’lumotlar keraksiz bo‘lib qo‘lganida ko‘zlangan ma’lumotlar ketma-ket tarzda o‘chiriladi. O‘chiriluvchi ko‘zlangan ma’lumotlar bu funksiya yoqilganida yozilgan ma’lumotlardir.
Qattiq diskka murojaat qilish zarur bo‘lganligi tufayli quvvat tejash rejimiga kirish vaqti kechikadi.
Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajarib yoki qurilmani o‘chirib bo‘lmaydi.
Yuqori tezlik:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.
Ustidan yozish:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.
Uch karra yozish:
Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.
Quyidagi xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatishingiz mumkin.
Panel qulfi yoqilganida quyidagi elementlarning sozlamalarini o‘zgartirishga ruxsat bering.
Topshiriqlar jurnaliga kirish
Kontaktlarni qo‘shish/o‘chirish
Faks Oxirgi foydalanish
Faks Uzatmalar jurnaliga kirish
Faks hisobotiga kirish
Tarmoq jildi/FTPga skanerlash – Saqlanganlar tarixini chop etish
E-pochtaga skanerlash – Oxirgi amallarga kirish
E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini ko‘rsatish
E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini chop etish
Til tanlash
Qalin qog‘oz tanlash
Sokin rejimni tanlash
Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi
Mahsulot xususiyatlarini cheklab qo‘yish uchun Yoniq-ni tanlang. Bu foydalanuvchilardan boshqaruv paneli xususiyatlaridan foydalana olishlaridan avval o‘zlarining foydalanuvchi nomlari va parollari bilan boshqaruv paneliga kirishlarini talab qiladi. Noma’lum foydalanuvchi vazifalarini qabul qilish-da siz kerakli autentifikatsiya ma’lumotlariga ega bo‘lmagan ishlarga ruxsat berish yoki bermaslikni tanlashingiz mumkin.
Administrator paroli
Ma’mur parolini o‘rnating, o‘zgartiring yoki bekor qiling.
Taqiqlash funksiyasi
Administrator paroli-da qayd qilinga parol bilan boshqaruv panelni qulflash yoki qulflamaslikni tanlang.
Parolingizni shifrlash uchun Yoniq -ni tanlang. Shifrlash kalitini zaxiralash uchun siz USB qurilmasini ham ulashingiz mumkin.
Audit jurnalini yozib olish uchun Yoniq -ni tanlang.
Ishga tushayotganda printerning dasturini tekshirish uchun Yoniq-ni tanlang.
Chop qilishlar soni kabi mahsulotdan foydalanishlar haqidagi ma’lumotlarni Seiko Epson Corporation-ga taqdim etish uchun Tasdiqlash ni tanlang.
Quyidagi menyulardagi faks sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnating.
Tarmoq sozlamalari
Nusxa olish sozlamalari
Skan sozlamalari
Faks sozlamalari
Barcha ma'lumot va sozlamalar tozalansin
Siz joriy versiyasi kabi mikrodastur ma'lumotlari va mavjud yangilanishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin.