> Muammolarni hal qilish > Printer kutilganidek ishlamayapti > Xato kodi Status menyusida aks etadi

Xato kodi Status menyusida aks etadi

Birorta vazifa amalga oshmasa, har bir vazifaning tarixida ko‘rsatiladigan xatolik kodini tekshiring. Xatolik kodini tekshirish uchun tugmasini bosib, Vazifa holatini tanlang. Muammoni va uning yechimini quyidagi jadvaldan toping.

Kod

Muammo

Yechim

001

Elektr energiyasi uzilib qolgani uchun qurilma o‘chdi.

-

101

Xotira to‘lgan.

Chop etish vazifasining hajmini kamaytirish uchun quyidagilarni bajarib ko‘ring.

  • Bosma sifati va piksellar sig‘imini pasaytiring.

  • Format sozlamasini o‘zgartiring.

  • Chop etish vazifasidagi rasmlar, harflar yoki shriftlar sonini kamaytiring.

102

Xotira yetishmagani tufayli, taxlab chop etish amalga oshmadi.

  • Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Ichki xotirani tozalash > PDL shrifti, Makro hamda ish maydoni-ni tanlang va keyin yuklab olingan shrift va makrolarni o‘chirib tashlang.

  • Chop etish vazifasining hajmini kamaytirish uchun quyidagilarni bajarib ko‘ring. Bu usullarni ishlatmaydigan bo‘lsangiz, bitta-bittalab chop ettirib ko‘ring.

    • Bosma sifati va piksellar sig‘imini pasaytiring.

    • Format sozlamasini o‘zgartiring.

    • Chop etish vazifasidagi rasmlar, harflar yoki shriftlar sonini kamaytiring.

103

Xotira yetishmagani tufayli, bosma sifati pasaytirildi.

Bosma sifatini pasaytirishni istamasangiz, chop etish vazifasining hajmini kamaytirish uchun quyidagi usullarni qilib ko‘ring.

  • Format sozlamasini o‘zgartiring.

  • Chop etish vazifasidagi rasmlar, harflar yoki shriftlar sonini kamaytiring.

104

Xotira yetishmagani tufayli, teskari chop etish amalga oshmadi.

  • Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Ichki xotirani tozalash > PDL shrifti, Makro hamda ish maydoni-ni tanlang va keyin yuklab olingan shrift va makrolarni o‘chirib tashlang.

  • Teskari chop etishni istasangiz, chop etish vazifasining hajmini kamaytirish uchun quyidagi usullarni qilib ko‘ring.

    • Bosma sifati va piksellar sig‘imini pasaytiring.

    • Format sozlamasini o‘zgartiring.

    • Chop etish vazifasidagi rasmlar, harflar yoki shriftlar sonini kamaytiring.

106

Foydalanish ruxsatiga oid sozlamalar tufayli kompyuterdan chop etib bo‘lmaydi.

Printeringiz ma’muriga murojaat qiling.

107

Foydalanuvchi autentifikatsiyadan o‘tmadi. Vazifa bekor qilindi.

  • Foydalanuvchi nomi va parol to‘g‘riligiga amin bo‘ling.

  • Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Xavfsizlik sozlamalari > Ruxsatlar boshqaruvi-ni tanlang. Foydalanuvchini cheklash xususiyatini yoqing va vazifani autentifikatsiyasiz bajarishga ruxsat bering.

108

Printer o‘chirilganida maxfiy vazifa ma’lumotlari o‘chib ketgan.

-

109

Olingan faks o‘chirib bo‘lingan edi.

-

110

Solingan qog‘oz ikki tomonlama chop etishni qo‘llamagani uchungina bu vazifa bir tomonga chop etildi.

2 tomonlama chop etish uchun 2 tomonlama chop etish xususiyatni qo‘llaydigan qog‘oz qo‘ying.

111

Mavjud xotira yetmayapti.

Chop etish vazifasining hajmini kamaytirish uchun quyidagilarni bajarib ko‘ring.

  • Bosma sifati va piksellar sig‘imini pasaytiring.

  • Format sozlamasini o‘zgartiring.

  • Chop etish vazifasidagi rasmlar, harflar yoki shriftlar sonini kamaytiring.

120

Ochiq platforma orqali ulangan server bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmayapti.

Server yoki tarmoqda nosozlik yo‘qligiga amin bo‘ling.

201

Xotira to‘lgan.

  • Olingan fakslarni Vazifa holatidagi Vazifa holatidan chop eting.

  • Kiruvchida saqlab qo‘yilgan, olingan fakslarni Vazifa holati dan Vazifa holatida o‘chirib tashlang.

  • Bitta manzilga monoxrom faks yuborayotgan bo‘lsangiz, uni Direct Send xususiyati orqali jo‘natishingiz mumkin.

  • Bir nechta paketda yuborish uchun originallarni ikki yoki undan ko‘proqqa bo‘ling.

202

Qabul qiluvchi qurilma tomonidan liniya uzib qo‘yildi.

Biroz kutib turib, keyin qayta urining.

203

Qurilma gudokni aniqlay olmayapti.

  • Telefon kabeli to‘g‘ri ulanganiga va liniya ishlayotganiga ishonch hosil qiling.

  • Printer ShTS yoki terminal adaptoriga ulangan bo‘lsa, Liniya turi sozlamasini PBXga o‘zgartiring.

  • Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Gudokni aniqlash, keyin gudok sozlamasini o‘chirib qo‘ying.

204

Qabul qiluvchi qurilma band.

  • Biroz kutib turib, keyin qayta urining.

  • Oluvchining faks raqamini tekshiring.

205

Qabul qiluvchi qurilma javob bermayapti.

Biroz kutib turib, keyin qayta urining.

206

Telefon kabeli LINEga va qurilmaning EXT. portiga noto‘g‘ri ulangan.

LINE porti va printerning EXT. portining ulangan joylarini tekshiring.

207

Qurilma telefon liniyasiga ulanmagan.

Telefon kabelini liniyaga ulang.

208

Faksni ko‘rsatilgan qabul qiluvchilarning ayrimlariga jo‘natib bo‘lmadi.

Jo‘natilmagan manzilni tekshirish uchun Faks rejimida Faks jurnali yoki oldingi fakslarning Oxirgi uzatma hisobotini Faks hisobotida chop eting. Xatolik tafsilotlarini saqlash sozlamasi yoqib qo‘yilgan bo‘lsa, Vazifa holatidan faksni Vazifa holatida qayta jo‘natishingiz mumkin.

301

Ma’lumotni xotira qurilmasida saqlash uchun joy yetarli emas.

  • Xotira qurilmasidagi bo‘sh joyni ko‘paytiring.

  • Hujjatlar sonini kamaytiring.

  • Skanerlash aniqligini pasaytirish yoki siquv nisbatini oshirish orqali rasm hajmini kamaytiring.

302

Xotira qurilmasi yozishdan himoyalangan.

Xotira qurilmasidagi yozishdan himoyani o‘chirib qo‘ying.

303

Skanerlangan rasmni saqlash uchun jild yaratilmagan.

Boshqa xotira qurilmasini qo‘ying.

304

Xotira qurilmasi chiqarib olingan.

Xotira qurilmasini joyiga qo‘ying.

305

Ma’lumotni xotira qurilmasiga saqlashda xatolik yuz berdi.

Agar tashqi qurilmaga kompyuterdan kirilsa, biroz kutib turib, keyin qayta urining.

306

Xotira to‘lgan.

Boshqa vazifalar tugashini kuting.

311

DNS xatosi yuz berdi.

  • Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > TCP/IP, keyin DNS sozlamalarini tekshiring.

  • Server, kompyuter yoki kirish nuqtasining DNS sozlamalarini tekshiring.

312

Autentifikatsiya xatosi yuz berdi.

Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > E-pochta serveri > Server sozlamalari, keyin server sozlamalarini tekshiring.

313

Aloqa xatosi yuz berdi.

  • Printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

  • E-pochta serveri sozlamalarini tekshirish uchun Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > E-pochta serveri > Server sozlamalari-ni tanlang. Xatolik sababini tekshirish uchun ulanish tekshiruvini ishga tushirish mumkin.

  • Sozlamalardagi autentifikatsiya usuli serverdagiga mos kelmayotgan bo‘lishi mumkin. Autentifikatsiya usuli sifatida O‘chiq tanlansa, e-pochta serverining autentifikatsiya usuli “Hech qaysi” qilib belgilangan bo‘lsin.

314

Ma’lumot hajmi biriktirilgan fayllar uchun maksimal hajmdan ortadi.

  • Skanerlash sozlamalarida Biriktirmaning maks. hajmi sozlamasini oshiring.

  • Skanerlash aniqligini pasaytirish yoki siquv nisbatini oshirish orqali rasm hajmini kamaytiring.

315

Xotira to‘lgan.

Boshqa vazifalar tugaganidan keyin qayta urining.

316

Pochta shifrlashda xatolik yuz berdi.

  • Shifrlash sertifikati sozlamasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.

  • Printerning vaqt sozlamasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.

317

Pochta imzosida xatolik yuz berdi.

  • Shifrlash sertifikatini imzolash sozlamasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.

  • Printerning vaqt sozlamasining to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling.

321

DNS xatosi yuz berdi.

  • Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > TCP/IP, keyin DNS sozlamalarini tekshiring.

  • Server, kompyuter yoki kirish nuqtasining DNS sozlamalarini tekshiring.

322

Autentifikatsiya xatosi yuz berdi.

Saqlash joyi parametrlarini tekshiring.

323

Aloqa xatosi yuz berdi.

  • Saqlash joyi parametrlarini tekshiring.

  • Printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

324

Tanlangan jildda bunday nomli fayl oldindan mavjud.

  • Bir xil nomli faylni o‘chirib tashlang.

  • Fayl sozlamalarida fayl nomi prefiksini o‘zgartiring.

325

326

Belgilangan jildda joy yetarli emas.

  • Belgilangan jilddagi bo‘sh joyni ko‘paytiring.

  • Hujjatlar sonini kamaytiring.

  • Skanerlash aniqligini pasaytirish yoki siquv nisbatini oshirish orqali rasm hajmini kamaytiring.

327

Xotira to‘lgan.

Boshqa vazifalar tugashini kuting.

328

Manzil noto‘g‘ri kiritilgan yoki mavjud emas.

Saqlash joyi parametrlarini tekshiring.

330

FTPS/FTPS xavfsiz ulanishda xatolik yuz berdi.

  • Manzilni sozlashda joylashuvni tekshiring.

  • Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang.

  • Web Config-ni ishga tushiring va keyin SO sertifikatini import qiling yoki yangilang.

Agar xato bartaraf etilmasa, sertifikatni tasdiqlashni manzil sozlamalarida o‘chirib qo‘ying.

331

Manzillar ro‘yxatini olishda aloqa xatosi yuz berdi.

Printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

332

Skanerlangan rasmni manzilda saqlash uchun joy yetarli emas.

Hujjatlar sonini kamaytiring.

333

Manzilni topib bo‘lmadi, chunki manzil ma’lumoti skanerlangan rasmni yuborishdan oldin serverga yuklangan edi.

Manzilni qayta tanlang.

334

Skanerlangan rasmni jo‘natishda xatolik yuz berdi.

-

341

Aloqa xatosi yuz berdi.

  • Printer va kompyuterning ulanishlarini tekshirib ko‘ring. Tarmoq orqali ulanayotgan bo‘lsangiz, printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

  • Kompyuterda Document Capture Pro o‘rnatilgan bo‘lsin.

350

FTPS/HTTPS sertifikatida xatolik yuz berdi.

  • Sana/vaqt va vaqt farqlari sozlamalari to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qiling.

  • Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang.

  • Web Config-ni ishga tushiring va keyin SO sertifikatini import qiling yoki yangilang.

Agar xato bartaraf etilmasa, sertifikatni tasdiqlashni manzil sozlamalarida o‘chirib qo‘ying.

401

Ma’lumotni xotira qurilmasida saqlash uchun joy yetarli emas.

Xotira qurilmasidagi bo‘sh joyni ko‘paytiring.

402

Xotira qurilmasi yozishdan himoyalangan.

Xotira qurilmasidagi yozishdan himoyani o‘chirib qo‘ying.

404

Xotira qurilmasi chiqarib olingan.

Xotira qurilmasini joyiga qo‘ying.

405

Ma’lumotni xotira qurilmasiga saqlashda xatolik yuz berdi.

  • Xotira qurilmasini joyiga qo‘ying.

  • Saqlash uchun jild yaratish funksiyasi orqali boshqa xotira qurilmasida jild yaratib, o‘shani ishlating.

411

DNS xatosi yuz berdi.

  • Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > TCP/IP, keyin DNS sozlamalarini tekshiring.

  • Server, kompyuter yoki kirish nuqtasining DNS sozlamalarini tekshiring.

412

Autentifikatsiya xatosi yuz berdi.

Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > E-pochta serveri > Server sozlamalari, keyin server sozlamalarini tekshiring.

413

Aloqa xatosi yuz berdi.

  • E-pochta serveri sozlamalarini tekshirish uchun Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > E-pochta serveri > Server sozlamalari-ni tanlang. Xatolik sababini tekshirish uchun ulanish tekshiruvini ishga tushirish mumkin.

  • Sozlamalardagi autentifikatsiya usuli serverdagiga mos kelmayotgan bo‘lishi mumkin. Autentifikatsiya usuli sifatida O‘chiq tanlansa, e-pochta serverining autentifikatsiya usuli “Hech qaysi” qilib belgilangan bo‘lsin.

  • Printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

421

DNS xatosi yuz berdi.

  • Buni tanlang: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Qo‘shimcha > TCP/IP, keyin DNS sozlamalarini tekshiring.

  • Server, kompyuter yoki kirish nuqtasining DNS sozlamalarini tekshiring.

422

Autentifikatsiya xatosi yuz berdi.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari > Saqlash/Uzatish sozlamasi-ni tanlang va keyin Saqlash/Uzatish manzili-da tanlangan jild sozlamalarini tekshiring.

423

Aloqa xatosi yuz berdi.

  • Printer tarmoqqa ulanganini tekshirish uchun tarmoq ulanishi hisobotini chop ettiring.

  • Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari > Saqlash/Uzatish sozlamasi-ni tanlang va keyin Saqlash/Uzatish manzili-da tanlangan jild sozlamalarini tekshiring.

425

Yo‘naltirish jildida joy yetarli emas.

Yo‘naltirish jildidagi bo‘sh joyni ko‘paytiring.

428