Job Arranger Lite oynasi ochiladi. Bu yerda siz avval saqlangan ma’lumotni ochishingiz va uni tahrirlashingiz mumkin.
EPSON Status Monitor 3 oynasi ochiladi. Bu yerda printer yoki ishlatiluvchi materiallarning holatini tasdiqlashingiz mumkin. Ushbu xususiyatni yoqish uchun siz EPSON Status Monitor 3-ni o‘rnatishingiz kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.
EPSON Status Monitor 3 oynasidahi elementlar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi. Ushbu xususiyatni yoqish uchun siz EPSON Status Monitor 3-ni o‘rnatishingiz kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Turli sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi. Ko‘proq ma’lumotlar olgani Yordam-ni ko‘rish uchun har bir elementga o‘ng tugmani bosing.
Chop qilinishini kutayotgan ishlarni namoyish qiladi. Chop qilish ishlarini tekshirishingiz, to‘xtatishingiz yoki qayta boshlashingiz mumkin.
Printerga uzatiladigan qog‘oz varaqlari yoki ADF sonini ko‘rsatadi. Umumiy varaqlarning sonini tekshirish uchun siz EPSON Status Monitor 3-ni o‘rnatishingiz kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Printer drayveri oynasida foydalaniladigan tilni o‘zgartiradi. Sozlamalarni qo‘llash uchun printer drayverini yoping va uni yana qayta oching.