Asosiy Paneli

Chop qilish andozalari:

Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:

O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.

Siyoh darajasi:

Taxminiy siyoh darajasini ko‘rsatadi. Ushbu xususiyatni yoqish uchun siz EPSON Status Monitor 3-ni o‘rnatishingiz kerak. Siz uni Epson veb-saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish:

Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.

Parametrlarni asliga qaytarish:

Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Ko‘proq tanlamalar panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.

Oldindan ko‘rish:

Chop qilishdan oldin hujjatingiz tasvirini ko’rsatadi.

Job Arranger Lite:

Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.

Qog‘oz manbasi:

Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerningdagi chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tazdda tanlash uchun Avto tanlash bandini tanlang.

Hujjat o‘lchami:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan-ni tanlasangiz, qog‘ozning kengligi va balandligini kiriting, va so‘ngra o‘lchamni ro‘yxatdan o‘tkazing.

Natijaviy qog‘oz:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar Hujjat o‘lchami Natijaviy qog‘oz bandidan farq qilsa, Hujjatni katta/kichraytirish bandi avtomatik tarzda tanlanadi. Hujjat o‘lchamini kamaytirmay yoki kattalashtirmay chop qilayotganda buni tanlashingiz shart emas.

Hujjatni katta/kichraytirish:

Hujjat o‘lchamini kamaytirish yoki kattalashtirishga imkon beradi.

Sahifaga moslashtirish:

Natijaviy qog‘oz-da tanlangan qog‘oz o‘lchamiga moslashtirish uchun hujjatni avtomatik ravishda kichraytiring yoki kattalashtiring.

Miqyos:

Ma’lum foiz bilan chop qiladi.

Markaz:

Rasmlarni qog‘ozning markaziga chop qiladi.

Qog‘oz turi:

Chop etishingizda foydalanadigan qog‘oz turini tanlang. Agar Avtomatik tanlash (bo‘sh qog‘ozlar) bandini tanlasangiz, chop qilish qog‘oz turi printer sozlamalarida quyidagiga o‘rnatilgan qog‘oz manbasidan bajariladi.

Tekis qog‘oz, Preprinted, Letterhead, Rangli, Recycled, Yuqori sifatli bo‘sh qog‘oz

Biroq qog‘oz manbasi printerning Avto tanlash sozlamalari sozlamasida o‘chirilganga o‘rnatilgan qog‘oz manbasidan qog‘ozni uzatib bo‘lmaydi.

Sifat:

Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Siz tanlagan qog‘oz turiga mos tarzda sozlamalar mavjud. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.

Qog‘oz manbasi axboroti:

Har bir qog‘oz manbasi uchun qo‘oz ma’lumotlari to‘plamini ko‘rsatadi.

Joylashuv:

Chop etishingizda foydalaniladigan yo‘nalishni tanlang.

Rangli:

Rangli yoki oq-qorada chop etishni tanlang.

2 tomonlama chop qilish:

2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.

Settings:

Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin.

Bosma zichligi:

Chop qilish zichligini sozlash uchun hujjat turini tanlang. Agar mos chop qilish zichligi tanlangan bo‘lsa, qog‘ozning orqa tomoni orqali tasvirlar rangini aralashib ketishining oldini olish mumkin. Chop qilish zichligini qo’lda sozlash uchun Qo‘lda bandini tanlang.

Ko‘p:

Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun qolip tartibi ustiga bosing.

Teskari tartiblash:

Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.

Birlashtir/Taxlanmaydi:

Tartib bo‘yicha solishtirilgan va to‘plamlarga ajratilgan ko‘p sahifali hujjatlarni chop qilish uchun Birlashtir-ni tanlang.

Copies:

Chop qilmoqchi bo’lgan nusxalar sonini qo‘ying.