Toza shtrix-kodlarini chop qilish

Agar chop etilgan shtrix kodlarni to‘g‘ri o‘qiy olmasangiz, siyohni qisqartirish yordamida aniq chop etishingiz mumkin. Bu xususiyatni faqatgina o‘zingiz chop qilgan shtrix-kodni skanerlab bo‘lmaganda yoqing.

Bu xususiyatdan quyidagi hollarda foydalanishingiz mumkin.

  • Qog‘iz: Oddiy qog‘oz, nusxalash qog‘ozi, xat-blanki, qayta ishlangan, rangli, oldindan chop etilgan, yuqori sifatli oddiy qog‘oz, qalin qog‘oz, Epson Photo Quality Ink Jet, Epson Mat yoki konvert

  • Qog‘oz turi: bosib chiqarilagan qog‘ozga muvofiq to‘g‘ri qog‘oz turini o‘rnating.

    Qog‘oz turlari ro‘yxati

  • Sifat: Standart, Yuqori

    Epson Photo Quality Ink Jet, Epson Mat va 151–256 g/m² gacha bo‘lgan qalin qog‘ozlar Yuqori-ga mos kelmaydi.

Eslatma:

Holatlarga bog‘liq ravishda har doim ham susaytirib bo‘lmasligi mumkin.

  1. Printer drayverining Texnik xizmat bandida, Kengaytirilgan sozlamalar tugmasini bosing va so‘ngra Shtrix-kod rejimi bandini tanlang.

  2. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Asosiy Paneli

    Ko‘proq tanlamalar Paneli

  3. Chop qilish-ni cherting.