> Saqlash qurilmasidan foydalanish > Jildlar yaratish

Jildlar yaratish

Administrator yoki foydalanuvchi baham ko‘riladigan jildlarni yaratishlari mumkin. Biroq foydalanuvchi faqat Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Xotira sozlamalari > Umumiy jildga kirishni nazorat qilish > Kirish sozlamasi Ruxsat berilgan-ga va Boshqarish vakolati sozlamasi Foydalanuvchi-ga o‘rnatilganidagina baham ko‘rilgan jildlarni yaratishi mumkin.

Foydalanuvchi Shaxsiy jild yarata olmaydi.

  1. Printerning boshqaruv panelidagi Xotira tugmasini tanlang.

  2. -ni tanlang.

  3. Xotira sozlamalari ekranidagi har bir elementni o‘rnating.

    • Jild raqami: Foydalanilmagan raqamlar avtomatik tarzda tayinalanadi.
    • Jild Nomi (majburiy): 30 tagacha harfdan iborat istalgan nomni kiriting. Siz allaqachon mavjud nomni kiritishingiz mumkin.
    • Jild paroli: Jildni parol bilan himoyalash uchun o‘rnating. Parolni o‘rnatganingizda fayllarni jildga saqlashda, jilddagi fayllarni ko‘rganda yoki jild bilan ishlaganda sizdan parolni kiritish so‘raladi.
    • Faylni avtomatik oʻchirish sozlamalari: Saqlangan faylni avtomatik tarzda o‘chirishni yoki o‘chirmaslikni tanlang. Oʻchirishdan oldingi muddat-ni o‘rnatish uchun Yoniq bandini tanlang. Fayldan so‘nggi marta foydalanilgandan boshlab o‘rnatilgan muddat o‘tganidan keyin fayllar avtomatik tarzda o‘chiriladi. Agar fayllar saqlanmagan bo‘lsa, ular saqlanganidan boshlab o‘rnatilgan muddat o‘tganidan keyin fayllar avtomatik tarzda o‘chiriladi. Foydalamuvchilar buni Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Xotira sozlamalari > Umumiy jildga kirishni nazorat qilish > Kirish sozlamasi Ruxsat berilgan-ga va Avtomatik oʻchirishni sozlash vakolati sozlamasi Foydalanuvchi-ga o‘rnatilganida o‘rnatishlari mumkin. Administrator buni Avtomatik oʻchirishni sozlash vakolati sozlamasidan qat’iy nazar o‘rnatishlari mumkin.