> Muammolarni hal qilish > Siyoh kartrijlarini almashtirish vaqtidir > Siyoh kartrijlari bilan ishlashdagi ehtiyot choralari

Siyoh kartrijlari bilan ishlashdagi ehtiyot choralari

Siyoh kartrijlarini almashtirishdan avval quyidagi ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.

Siyoh kartrijlarini saqlash bo‘yicha ehtiyotkorlik choralari
  • Siyoh kartrijlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan saqlang.

  • Siyoh kartrijlarini yuqori yoki muzlatuvchi haroratlarda saqlamang.

  • Yaxshi natijalar uchun, Epson siyoh kartrijlarini upakovka ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha, yoki upakovka ochilgandan olti oy ichida, qay biri vaqtliroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya qiladi.

  • Eng yaxshi natijaga erishish uchun siyoh kartridji qadoqlarini tag qismini pastga qilgan holda saqlang.

  • Siyoh kartridjini sovuq saqlash joyidan ichkariga keltirgandan keyin undan foydalanishdan avval uni xona haroratigacha isitish uchun kamida uch soat kuting.

  • Uni printerga o'rnatishga tayyor bo'lmaguningizcha siyoh kartridji qadog'ini ochmang. Uning ishonchliligini ta'minlash uchun kartridj vakuumli ravishda qadoqlangan. Agar undan foydalanishdan avval kartridjni qadoqlanmagan holda uzoq vaqt qodlrisangiz, chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.

Siyoh kartrijlarini almashtirish vaqtidagi ehtiyotkorlik choralari
  • Uni qadoqdan olish vaqtida siyoh kartridjining yon tomonidagi ilmoqlarni sindirib qo'ymaslik uchun ehtiyot bo'ling.

  • Qadoqni ochgandan keyin kartridjlarni silkitmang, chunki siyoh oqib ketishi mumkin.

  • Uni o'rnatishdan avval kartridjdagi sariq tasmani olib qo'yishingiz kerak; aks holda chop qilish sifati pasayishi yoki chop qila olmasligingiz mumkin. Kartridjdagi yorliqni olib tashlamang yoki yirtmang; bu siyohning oqib ketishiga olib keladi.

  • Kartridjning tag qismidagi shaffof plombani olib tashlamang; aks holda kartridj foydalanib bo'lmaydigan bo'lib qolishi mumkin.

  • Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

  • Siyoh kartrijini quvvat o‘chirilgan holda almashtirmang. Chop qilish kallagini qo‘lingiz bilan harakatlantirmang; aks holda, printerga zarar yetkazishingiz mumkin.

  • Siyoh bilan to'ldirilayotgan vaqtda printerni o'chirmang. Agar siyoh bilan to'ldirish tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.

  • Printerni siyoh kartriji olingan holda qoldirmang yoki kartrijni almashtirish vaqtida printerni o‘chirmang. Aks holda chop qilish kallagi uchliklarida qolgan siyoh quriydi va chop qila olmay qolishingiz mumkin.

  • Agar siyoh kartridjini vaqtinchalik olib qo'yishingiz kerak bo'lsa, siyoh ta'minoti sohasini kir va changlardan himoyalab qo'ying. Siyoh kartridjini siyih ta'minoti portini pastga yoki yon tomonlarga qilgan holda printer bilan bir xil sharoitlarda saqlang. Siyoh kartridjlarini siyoh ta'minoti portini yuqoriga qaratgan holda saqlamang. Siyoh ta'minoti porti ortiqcha siyohni qo'yib yuborish uchun mo'ljallangan klapan bilan jihozlanganligi uchun o'z qopqoqlari yoki probkalari bilan shart emas.

  • Chiqarib oling kartrijning siyoh ta’minoti porti atroflarida siyoh bo‘lishi mumkin, shuning uchun kartrijlarni olganda atrofdagi hududlarga siyoh tegmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.

  • Bu printer har bir kartridjdagi qolgan siyoh miqdori kabi ma'lumotlarni nazorat qilib boruvchi yashil chip qilan jihozangan kartridjdan foydalanadi. Bu kartridjdan to'liq foydalanib bo'lishidan avval printerdan olingan bo'lsa ham uni printerga qayta o'rnatgandan keyin kartridjdan foydalanish mumkin ekanligini anglatadi. Biroq kartridjni qaytadan o'rnatishda printer ishini kafolatlash uchun ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qilinishi mumkin.

  • Siyohdan maksimal darajada samarali foydalanish uchun siyoh kartridjini faqat uni almashtirishga tayyor bo'lganingizdagina oling. Ichida siyohi juda kam bo'lgan kartridjlarni qaytadan o'rnatganda foydalanib bo'lmasligi mumkin.

  • Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Sizga keltirilgan ma'lumotlar bu zahirani o'z ichiga olmaydi.

  • Siyoh kartridjlarini qismlarga ajratmang yoki moslashtirmang, aks holda chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.

  • Printer bilan birga berilgan kartrijidan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.

Siyoh sarfi
  • Chop qilish kallagining optimal darajada ishlashini ta’minlash uchun kartrijdagi siyohlar texnik xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. Siyoh kartrijni almashtirganingizda yoki printerni yoqqaningizda ham sarhlanishi mumkin.

  • Printer bilan birga berilgan siyoh kartrijidagi siyohdan dastlabki o‘rnatish vaqtida qisman foydalaniladi. Yuqori sifatli chop qilishlarni ta’minlash maqsadida printerning chop qilish kallagi siyoh bilan to‘liq to‘ldirib olinadi. Bu bir martalik jarayon ma’lum miqdordagi siyoh iste‘mol qiladi va shuning uchun bu siyoh kartriji keyingi siyoh kartrijlariga qaraganda kamroq sahifaga yetishi mumkin.

  • Ko'rsatilgan chop qilinadigan sahifalar soni chop qilinayotgan tasvirlar, chop qilishda foydalanilayotgan qog'oz turi, chop qilishdan qanchalik ko'p foydalanilishi va harorat kabi atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.