> Printerga texnik xizmat ko‘rsatish > Printerni tashish va saqlash

Printerni tashish va saqlash

Printerni ko‘chirganda yoki ta’mirlaganda uni saqlash yoki tashishingiz kerak bo‘lgan hollarda printerni qadoqlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  2. Quvvat chirog‘ining o‘chganiga ishonch hosil qiling va ta’minot shnurini rozetkadan uzing.

    Muhim:

    Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. Aks holda, siyohning qurib qolishiga olib kelgan holda chop qolish kallagi boshlang‘ich holatga qaytmasligi va chop qilish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin.

  3. Quvvat shnuri va USB kabel singari barcha kabellarni uzing.

  4. Printerdan barcha qog‘ozlarni olib qo‘ying.

  5. Printer qopqog‘ini oching. Siyoh kartriji ushlagichini tasma bilan korpusga mahkamlang.

  6. Printer qopqog‘ini yoping.

  7. Quyida ko‘rsatilgani kabi printerni qadoqlashga tayyorlang.

  8. Printerni o‘z qutisiga solib, uni himoya materiallari bilan o‘rang.

    Muhim:
    • Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

    • Siyoh kartrijini o‘rnatilgan holda qoldiring. Kartrijning olib qo‘yilishi natijasida chop qilish kallagi qurib qolishi va printerning chop qilmay qo‘yishi yuz berishi mumkin.

Printerdan yana foydalanganingizda siyoh kartriji ushlagichini ushlab turuvchi tasmani olib tashlang. Keyingi safar chop qilganingizda chop qilish sifati yomonlashsa, chop qilish kallagini tozalang va tekislang.