> Muammolarni hal qilish > Muammoni hal qilib bo‘lmayapti > Chop qilish muammolarini hal qilib bo‘lmayapti

Chop qilish muammolarini hal qilib bo‘lmayapti

Muammoni hal qilguningizgacha eng yuqoridan boshlash uchun quyidagi yechimlarni sinab ko‘ring.

  • Siz yuklagan qog‘ozning printer drayveridagi qog‘oz turi sozlamalariga o‘rnatilgan qog‘oz turiga mos ekanligiga ishonch hosil qiling.

    Qogo‘oz o‘lchami va turi sozlamalari

  • Boshqaruv panelida yoki printer drayverida yuqoriroq sifatli sozlamadan foydalaning.

  • Printerga o‘rnatilgan siyoh kartrijlarini qaytadan o‘rnating.

    Siyoh kartrijlarini qaytadan o‘rnatish chop qilish kallagi uchliklariga tiqilib qolgan narsalarni tozalashi va siyohning tekis oqishiga imkon berishi mumkin.

    Biroq siyoh kartriji qayta o‘rnatilganida siyoh sarflanligi tufayli qolgan siyoh miqdoriga bog‘liq ravishda siyoh kartrijini almashtirishni so‘rovchi xabar ko‘rsatilishi mumkin.

    Siyoh kartrijlarini almashtirish vaqtidir

  • Chop qilish kallagini tekislang.

    Chop qilish kallagini tekislash

  • Chop qilish kallagi uchliklarining tiqilib qolmaganini ko‘rish uchun uchlikni tekshirishni ishga tushiring.

    Agar uchlikni tekshirish namunasida yetishmagan segmentlar mavjud bo‘lsa, uchliklar tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Kallakni tozalash va uchlikni tekshirishni navbati bilan 3 marta takrorlang va uchliklarning tozalanganini tekshiring.

    Chop qilish kallagini tozalashning biroz siyohdan foydalanishini yodda tuting.

    Chop qilish kallagini tekshirish va tozalash

  • Printerni o‘chiring, kamida 12 soat kuting va keyin uchliklarning tozalanganini tekshiring.

    Agar muammo tiqilib qolish bo‘lsa, printerni ma’lum vaqt chop qilmasdan qoldirish muammoni hal qilishi mumkin.

    Printer o‘chiq bo‘lganida quyidagilarni tekshirishingiz mumkin.

  • Asl Epson siyoh kartrijlaridan foydalanayotganingizni tekshiring.

    Asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishga harakat qiling. Asl bo‘lmagan siyoh kartridjlaridan foydalanish chop qilish sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Siyoh kartriji kodlari

  • Printer ichida qog‘oz bo‘laklarining qolmaganiga ishonch hosil qiling.

    Qog‘ozni chiqarib olganingizda qo‘lingiz yoki qog‘oz bilan yarim shaffof plyonkaga tegmang.

  • Qog‘ozni tekshiring.

    Qog‘ozning buklanib qolmagani yoki uning chop qilinadigan tomoni noto‘g‘ri yo‘nalishda qilib joylanmaganini tekshiring.

    Qog‘oz bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

    Foydalanish mumkin bo‘lgan qog‘oz va sig‘imlar

    Foydalanish mumkin bo‘lmagan qog‘oz turlari

  • Eski siyoh kartrijidan foydalanmayotganingizga ishonch hosil qiling.

    Yaxshi natijalar uchun, Epson siyoh kartrijlarini upakovka ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha, yoki upakovka ochilgandan olti oy ichida, qay biri vaqtliroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya qiladi.

Agar yuqoridagi yechimlarni sinab ko‘rib bilan muammoni hal qila olmasangiz, taʼmirlashni soʻrashingiz kerak boʻlishi mumkin. Epson yordam xizmatiga murojaat qiling.