> Muammolarni hal qilish > LCD ekranda namoyish qilinadigan xabar

LCD ekranda namoyish qilinadigan xabar

Agar LCD ekranda xatolik to‘g‘risida xabar namoyish qilinsa, muammoni hal qilish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga yoki quyidagi yechimlarga amal qiling.

Xatolik to‘g‘risidagi xabarlar

Yechimlar

Printer xatosi

Printerni yana yoqing. Tafsilotlarini yordamdan o‘qing.

  • Printer va qog‘oz kassetasidan har qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Quvvat o‘chirlganidan va qayta yoqilganidan keyin ham xatolik xabari yana namoyish qilinsa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

  • Quyidagi xato kodlari ko‘rsatilsa, har bir qog‘oz manbasiga solish mumkin bo‘lgan varaqlarning maksimal sonini tekshirib ko‘ring.

    000181, 000184

XXda qog‘oz tugadi.

Qog‘oz qo‘yib, qog‘oz kassetasini oxirigacha kirgizing.

Juda ko‘p qog'oz qabul qilish kassetasi o‘rnatilgan. Printerni o‘chirib, ortiqcha bloklarni o‘chirib tashlang. Batafsil ma’lumot olish uchun qo‘llanma hujjatlarini ko‘ring.

Uchtagacha qo‘shimcha qog‘oz kassetasi bloki o‘rnatish mumkin. Boshqa qo‘shimcha qog‘oz kassetalarini olib tashlash uchun o‘rnatish jarayonini teskarisiga bajaring.

XX ishlamayotgani uchun chop etib bo‘lmadi. Boshqa kassetadan chop etishingiz mumkin.

O‘chirib-yoqing va qog‘oz kassetasini joyiga joylashtiring. Xato xabari yo‘qolmasa, ta’mirlash uchun Epson support yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling.

XX ichidagi koʻtarib olish roligi xizmat muddati tugash arafasida.

Qog‘oz ushlash roliklari davriy ravishda almashtirilishi kerak. qog‘oz kassetasi almashtirilishi kerak bo‘lganida undan qog‘oz noto‘g‘ri uzatila boshlaydi. Yangi qog‘oz ushlash roliklarini tayyorlang.

XX ichidagi koʻtarib olish roligi xizmat muddati tugadi.

Qog‘oz ushlash roliklarini almashtiring. G‘ildiraklarni almashtirgach, Sozlamalar > Qarov > Koʻtarib olish roligi axboroti > Hisoblagichni qay-sh ni tanlang va keyin qog‘oz kassetasi almashtirilgan qopg‘opz ushlash roliklarini tanlang.

Siyoh ta’minlagichi kartrijini almashtirish kerak.

Chop qilishning oliy sifatini ta’minlash va chop qilish kallagini himoya qilishda yordam berish uchun siyoh ta’minlagichini almashtirish kerakligini ko‘rsatganda o‘zgaruvchan siyoh zahirasi siyoh ta’minlagichi ichida qoladi. Yangi Siyoh ta’minlagichi bilan almashtiring.

Qog‘ozni sozlashni avto ko‘rsatish – O‘chirilgan. Ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Tafsilotlar uchun jihoz hujjatlariga qarang.

Agar Qog‘ozni sozlashni avto ko‘rsatish o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi.

IP manzil kombinatsiyasi va subtarmoq maskasi xato. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hujjatni ko‘ring.

Printeringiz ma’muriga murojaat qiling.

Bulut xizmatlarini ishlatish uchun negiz sertifikatni yangilang.

Printeringiz ma’muriga murojaat qiling.

Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring.

Printer menyusidagi Xususiyat > Port ruknidan printer portining to‘g‘ri tanlanganligiga quyidagicha ishonch hosil qiling.

USB ulanishi uchun “USBXXX”-ni yoki tarmoq ulanishi uchun “EpsonNet Print Port”-ni tanlang.

Qog‘oz uzatkich xatosi. Kasseta 1ni olib tashlab, printerda tiqilgan qog‘oz qolmaganini tekshirib, qog‘ozni qayta soling.

Qog‘oz kassetasi1 ni tashqariga torting, printer ichidagi tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlang va keyin qog‘oz kassetasini qaytadan soling.

Hattoki qog‘oz uzata olmagan hollarda ham ko‘tarib olish roligining holatini tekshiring. Agar holati noto‘g‘ri bo‘lsa, barmog‘ingiz bilan ko‘tarib olish roligini to‘g‘ri holatga suring. Ko‘tarib olish roligining holati haqida ma’lumot olish uchun Onlayn video qo‘llanma. qo‘llanmalariga qarang.

https://support.epson.net/publist/vlink.php?code=NPD7274

Xitoylik foydalanuvchilar, quyidagi veb-saytga kiring.

https://support.epson.net/publist/vlink.php?code=NPD7275

Recovery Mode

Update Firmware

Printeringiz ma’muriga murojaat qiling.