Parolni shifrlash

Parolni shifrlash printerga saqlangan sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni (barcha parollar, sertifikat kalitlari) shifrlashga imkon beradi.

  1. Web Config-ga kirish uchun printerning IP-manzilini brauzerga kiriting.

    Printer bilan bitta tarmoqqa ulangan kompyuterdan printer IP-manzilini kiriting.

    Quyidagi menyuda printerning IP-manzilini tekshirish mumkin.

    Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari > Tarmoq holati > Simli LAN/Wi-Fi holati

  2. Administrator sifatida kirish uchun administrator parolini kiriting.

  3. Quyidagi tartibda tanlang.

    Product Security paneli > Password Encryption

    Eslatma:

    Siz shuningdek printerning boshqaruv panelidan o‘rnatishingiz mumkin.

    Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi > Xavfsizlik sozlamalari > Parolni shifrlash

  4. Shifrlashni yoqish uchun ON ni tanlang.

  5. OK-ni cherting.