TIFF sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
TIFF sozlamalari uchun qo‘shimcha menyu parametrlari
Sxema
Multi-TIFF faylini qanday qoliplashtirishni tanlang. 1 yuqoriga bir varaqqa bitta sahifani chop qilish uchundir. 20 yuqoriga bir varaqda 20 ta sahifani chop qilish uchundir. Indeks — ma’lumot bilan indeksni chop etish.
Ramkaga moslash
Tasvirni tanlangan bosma sxemasiga avtomatik ravishda sig‘dirish maqsadida kaltalash uchun Yoniq qilib qo‘ying. Rasm bilan qog‘oz o‘lchamining tomonlar nisbati bir xil bo‘lmasa, rasmning kalta tomoni qog‘ozning kalta tomoniga mos kelishi uchun kattartiriladi yoki kichraytiriladi. Rasmning uzun tomoni qog‘ozning uzun tomonidan oshib ketsa, oshig‘i qog‘ozga tushmaydi. Bu xususiyat panoramali suratlarda ishlamasligi mumkin.
Sifat
Yuqoriroq sifatda chop etish uchun Eng zo'rni tanlang, biroq sekinroq chop etilishi mumkin.
Chop etish tartibi
Ko‘p sahifali fayllarini chop etish tartibini tanlang.
Sana
Surat olingan yoki saqlangan sanasining formatini tanlang. Ayrim sxemalarda sana chop etilmaydi.