Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Qarov
Qarov
Bosma sifatini o‘zgartirish
Bosmalar bilan muammo bo‘lsa, bu xususiyatni tanlang. Zarur bo‘lsa, uchliklar tiqilib qolganini tekshirib, kallakni tozalash mumkin va bosma sifatini yaxshilash uchun ayrim parametrlarni sozlash mumkin.
Kallak uchini tekshirish
Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.
Chop etish kallagini tozalash
Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.
Chop qilish kallagini tenglashtirish
Chizg'ichli satr bo'yicha tenglashtirish
Vertikal chiziqlarni tenglashtirish uchun shuni tanlang.
Gorizontal tenglashtirish
Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.
Qog‘oz yo‘naltiruvchisini tozalash
Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.
Koʻtarib olish roligi axboroti
Qog‘oz kassetasi olish roligining ishlash vaqtini tekshirish uchun shu funksiyani tanlang. Siz olish roligi sanagichini qayta o‘rnatishingiz ham mumkin.