Siz kompyuterdan printerga solingan xotira kartasi kabi xotira qyrilmasida ma’lumotlarni yozishingiz yoki o‘qishingiz mumkin.
Yozishdan himoya qilishni olib tashlagandan keyin xotira kartasini soling.
Agar tasvir kompyuterdan xotira kartasiga saqlangan bo‘lsa, tasvir va fotosuratlar soni LCD ekranda yangilanmaydi. Xotira kartasini chiqarib oling va qaytadan soling.
Printerga solingan xotira qurilmasidan USB yoki tarmoq orqali ulangan kompyuterlar o‘rtasida baham ko‘rilganda, yozishga kirish uchun faqatgina siz printerda tanlagan usulda ulangan kompyuterlargagina ruxsat beriladi. Xotira qurilmasiga yozish uchun boshqaruv panelidagi Settings-ga kiring va File Sharing Setup hamda ulash usulini tanlang.
Agar katta sig‘imli xotira qurilmasi, masalan, 2 TB HDD kabi, ulangan bo‘lsa, kompyuterdagi ma’lumotlarni o‘qish uchun biroz vaqt ketadi.
Kompyuter yoki Mening kompyuterim-da xotira qurilmasini tanlang. Xotira qurilmasidagi ma’lumotlar namoyish etiladi.
Agar printerni tarmoqqa dasturiy ta’minot diski yoki Web Installer yordamida ulamagan bo‘lsangiz, xotira karta sloti yoki USB portini tarmoq diski sifatida ko‘rsating. Ishga tushirish ustiga bosing va printer nomini \\XXXXX yoki uning IP manzilini \\XXX.XXX.XXX.XXX Ochich: bandiga kiriting. Tarmoqni belgilash uchun ekranda ko‘rsatilgan qurilma belgisi ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Shundan so‘ng, Kompyuter yoki Mening kompyuterimda tarmoq diski paydo bo‘ladi.
Tegishli qurilma ikonkasini tanlang. Tashqi saqlash qurilmasidagi ma’lumotlar namoyish qilinadi.
Xotira qurilmasini olib tashlash uchun qurilma belgisini tortib, keyin uni chiqitdon belgisi ustiga tashlang. Aks holda, boshqa xotira qurilmasi ulanganda umumiy diskdagi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilmasligi mumkin.
Tarmoq orqali xotira qurilmasiga kirish uchun, ish stolidagi menyudan Borish > Serverga ulanish -ni tanlang. Printer nomini cifs://XXXXX yoki smb://XXXXX (bu yerda “XXXXX” — printer nomi) Server manziliga kiriting va keyin Ulanish ustiga bosing.