Qog‘oz yo‘lidagi siyoh dog‘larini tozalash

Chop qilingan qog‘ozlar kirlangan yoki o‘chgan joylarga ega bo‘lganda printer ichidagi barabanni tozalang.

Muhim:

Printer ichini tozalash uchun salfetka qog‘ozdan foydalanmang. Chop qilish golovkasi soplolariga titilgan iplar tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.

  1. Bosh ekranda Maintenance-ni tanlang.

  2. Paper Guide Cleaning-ni tanlang.

  3. Qog‘oz o‘tish yo‘lini tozalash uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

  4. Yuqoridagi jarayonni qog‘oz siyoh bilan kirlanmaydigan bo‘lgunicha davom ettiring.

    Hattoki bir nechta marta tozalagandan keyin ham qog‘oz baribir siyoh bilan kirlansa, keyingi qadamga o‘ting.

  5. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  6. Elektr shnurni tokdan uzing va so‘ngra uni printerdan uzing.

  7. Boshqaruv paneilini u gorizontal holga kelgunicha imkoni boricha ko‘taring.

  8. Chiqqan hujjat tortmasini tashqariga suring.

  9. Yumshoq, nam latta bilan ikkita oq rolikni yengil arting.

  10. Elektr shnurini ulang.