> Skanerlash > Asl nusxalarni aqlli qurilmaga skanerlash

Asl nusxalarni aqlli qurilmaga skanerlash

Skanerlangan tasvirlarni aqlli telefonlar yoki planshetlar kabi aqlli qurilmalarga saqlashingiz mumkin.

Eslatma:
  • Skaner qilishdan oldin aqlli qurilmangizga Epson iPrint-ni o‘rnating.

  • Epson iPrint ekranlari xabardor qilmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin.

  • Mahsulotga bog‘liq ravishda Epson iPrint kontentlari farq qilishi mumkin.

  1. Asl nusxalarni joylashtiring.

    Asl nusxalarni skaner oynasi ustiga joylashtirish

  2. Epson iPrint-ni ishga tushiring.

  3. Scan tugmasini bosing.

  4. Skanerlash sozlamalarini o‘rnating. Ekran yuqori o‘ng tomonidagi belgisiga tegining.

  5. Zarurat tug‘ilganda bandlarni o‘rnating.

    • Scanner: O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan skanerni (printerni) o‘zgartiring.
    • Scanning Size: O‘zingiz joylashtirgan asl nusxaning o‘lchamini tanlang. Skaner oynasining maksimal sohasida skanerlash uchun MAXni tanlang.
    • Image type: Skanerlangan tasvirni saqlash uchun foydalanmoqchi bo‘gan rangingizni tanlang.
    • Resolution: Tasvir aniqligini tanlang.
    • Brightness: Monoxrom formatda asl nusxani skanerlashda yorqinlikni o‘rnating.
    • Gamma: Skanerlangan tasvir uchun gammani (o‘rtacha diapazondagi ravshanlik) sozlashingiz mumkin.
  6. Sozlamalarni qo‘yishni tugatgach, Done tegining.

  7. Scan tugmasini bosing.

    Skanerlash boshlanadi.

  8. Skanerlangan tasvirni tekshiring, va keyin saqlash usulini tanlang.

    • : Skanerlangan tasvirlarni saqlashingiz mumkin bo‘lgan ekranni namoyish qiladi.
    • : Skanerlangan tasvirlarni elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin bo‘lgan ekranni namoyish qiladi.
    • : Skanerlangan tasvirlarni chop qilishingiz mumkin bo‘lgan ekranni namoyish qiladi.
  9. Nihoyat, ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.