Siz xotira qurilmasidagi rasmlarni qo‘lda yozilgan matn yoki chizmalar bilan birga chop qilishingiz mumkin. Bu sizga yangi yil tabriknomalari yoki tug‘ilgan kun tabriknomalari kabi asl nomalarni yaratish imkonini beradi.
Dastavval, rasm tanlang va oddiy qog‘ozda andozasini chop qilib oling. U andoza ustiga yozing yoki chizing, so‘ngra printer yordamida skaner qiling. Shundan so‘ng siz rasmni o‘z yozuvlaringiz yoki chizmalaringiz bilan chop qilishingiz mumkin.

Turli bosmalar > Otkritka > Surat va bosma andozasini tanlang
Chop etish tugallanmaguniga qadar xotira qurilmasini chiqarib olmang.
Andozadagi matnni skaner oynasi ustiga qo‘yishdan avval uning to‘la quriganiga ishonch hosil qiling. Agar skaner oynasida dog‘lar bo‘lsa, u dog‘lar ham rasmda chop qilinadi.