Agar LCD ekranda xatolik to‘g‘risida xabar namoyish qilinsa, muammoni yechish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga yoki quyidagi yechimlarga amal qiling.
|
Xatolik to‘g‘risidagi xabarlar |
Yechim |
|---|---|
|
IP manzil kombinatsiyasi va subtarmoq maskasi xato. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hujjatni ko‘ring. |
To‘g‘ri IP-manzil yoki sukut bo‘yicha shlyuzni kiriting. Yordam olish uchun tarmoqni o‘rnatgan odamga murojaat qiling. |
|
Siyoh kam qoldi. |
Sizga siyoh kartrijlarni almashtirish taklif qilingunga qadar chop qilishni davom ettirishingiz mumkin. Shunga qaramay, agar printerning biror siyoh kartriji tugab bo‘lgan bo‘lsa, printer chop qila olmasligini yodda tuting. Yangi kartrijlarni imkon qadar tez tayyorlang. Qora siyoh tugashi bilan bir vaqtda rangli siyoh yetarli boʻlsa, quyidagilarga qarang. Qora siyohni tejab qolish uchun chop qilishni davom ettirish (faqat Windows uchun) |
|
Siyoh kartridji tugamoqda. To‘liq chop etilmasligi mumkin. |
Chop qilishni davom ettirish yoki Chop etishdan oldin almashtiring-ni tanlang. Chop qilishni davom ettirish’ni tanlaganingizda printer chop qilishdan to‘xtab qolishi mumkin, bu esa siyoh kartrijini almashtirish vaqti kelganligini ko‘rsatadi. Bu holda quyidagi yechimlarga amal qiling.
Nusxa ko‘chirish vaqtida kartrijni almashtirish vaqti kelganligini bildirgan holda chop qilish to‘xtab qolganda skaner shishasidagi als nusxa kartrijni almashtirish uchun skaner blokini ochib-yopganingizda siljib ketishi mumkin. Asl nusxani skaner shishasidagi burchak belgisi bilan tenglashtirgan holda joylashtiring va keyin nusxa ko‘chirishni boshlang. |
|
Quyidagi siyoh kartridj(lar)ini almashtirish kerak. |
Chop qilishning oliy sifatini ta’minlash va chop qilish kallagini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to’ldirish kerakliguni ko’rsatganda o‘zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Shunday qilish tavsiya qilinganda kartridjni almashtiring. Siyoh kartrijlarini almashtirish Rangli siyoh tugashi bilan bir vaqtda qora siyoh yetarli boʻlsa, quyidagilarga qarang. |
|
Chop qilish kallagini rostlash bekor qilindi. Chop qilish kallagi bilan bog‘liq muammo mavjud. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning. |
Agar soploni tekshirish va chop qilish kallagini tozalashni 3 marta takrorlagandan keyin ham chop qilish sifati yaxshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting va keyin soploni tekshirishni ishga tushiring va zarur hollarda kallakni tozalashni takrorlang. Biz Agar Kuchli tozalash ni ishga tushirgandan keyin chop qilish sifati yahshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting, va keyin soploni tekshirish qismini yana chop qiling. Chop qilingan qismga qarab Chop etish kallagini tozala yoki Kuchli tozalash ni ishga tushuring. Agar sifat baribir yaxshilanmasa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. |
|
Quyidagiga ruxsat bering yoki batafsil ma’lumot uchun foydalanuvchi qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing. Tasdiqlagandan keyin [Tushunarli]ni tanlang. |
QR kodni skanerlay olmasangiz aqlli qurilmaga ulaning. Ko‘proq ma’lumotlar olish uchun quyidagilarga qarang. |
|
Siyoh kartriji aniqlanmadi. Xatolikni tozalash uchun “Keyingisi” tugmasini bosing. |
|
|
Aloqa xatosi. Ulanishni tekshiring. |
Kompyuter va printerni to‘g‘ri ulang. Agar tarmoq orqali ulayotgan bo‘lsangiz, kompyuterda tarmoq ulanishini bayon qiluvchi sahifaga qarang. Agar xatolik to‘g‘risidagi xabar skanerlash vaqtida namoyish qilinsa, Epson ScanSmart-ning kompyuterga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. |
|
Bulut xizmatlarini ishlatish uchun negiz sertifikatni yangilang. |
Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang. |
|
Bu xususiyatni ishlatish uchun kompyuterga Epson Event Manager dasturini o‘rnating. Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing. |
Kompyuterga Epson ScanSmart dasturini o‘rnating. |
|
Kompyuter topilmaganida quyidagilarni tekshiring. - Printer va kompyuter o‘rtasidagi aloqa (USB yoki tarmoq) - Kerakli dasturiy ta’minot o‘rnatilganligi - Kompyuter yoqilganligi - Fayrvol va xavfsizlik dasturi sozlamalari - Yana qidiring Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing. |
Kompyuter to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling. Kompyuterda Epson ScanSmart o‘rnatilgan bo‘lsin. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
Printer drayverining Texnik xizmat panelida Bosma navbati bandiga tegining. Printer menyusidagi Xususiyat > Port-dan printer portining to‘g‘ri tanlanganligiga quyidagicha ishonch hosil qiling. “USBXXX” USB orqali ulanish uchun, yoki tarmoqqa ulanib printer drayveri o‘rnatilganda qo‘yiladigan belgi uchun “EpsonNet Print Port”-ni tanlang. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun USB port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
|
|
Qog'ozni sozlash – O‘chirilgan. Ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Tafsilotlar uchun jihoz hujjatlariga qarang. |
Agar Qog'ozni sozlash o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi. |
|
Qo‘yilgan xotira qurilmasini ishlatib bo‘lmaydi. Tafsilotlari uchun yordamni o‘qing. |
Mahsulot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xotira qurilmasidan foydalaning. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugadi. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas. Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugamoqda. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas. Chop etishni qayta boshlash uchun OKga tegining. |
|
Printer xatosi Quvvatni qaytadan o'chirib yoqing. Agar muammo saqlanib qolsa, “Davom etish” tugmasini bosing. |
Quyidagilarni bajaring. 1. Skaner qurilmasini oching va printer ichidagi ham qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Agar kir bo‘lsa yarim shaffof plyonkani tozalang. Tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlash Yarim shaffof plyonkani tozalash 2. Skaner qurilmasini yoping, tokni o‘chiring va qayta yoqing. Quvvat o‘chirlganidan va qayta yoqilganidan keyin ham xatolik xabari yana namoyish qilinsa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. |
|
Saqlash jarayonida xatolik yuz berdi. Tekshiring, agar zarur bo‘lsa xotira qurilmasini o‘zgartiring. |
Xotira kartasi kabi tashqi xotira qurilmasi ishdan chiqishi mumkin. Qurilma ishlayotganini tekshiring. |
|
Media tanilmadi. Media haqidagi tafsilotlar uchun yordamni o‘qing |
Mahsulot tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xotira qurilmasidan foydalaning. |
|
Qog‘oz yonlamasiga qo‘yilgani uchun ichkarida qoldi. XXga XX o‘lchamida qog‘oz qo‘ying. Ichidagi qog‘ozni chiqarish uchun “Tugallandi” tugmasini bosing. |
orqa qog‘oz qo‘yish sloti qurilmasiga A4 o‘lchamli qog‘oz soling va so‘ngra Tayyor bandiga tegining. Olingan qog‘ozni bo‘yiga qo‘ygan holda, orqa qog‘oz qo‘yish sloti markazidagi yo‘naltiruvchi belgiga to‘g‘rilab, qayta soling. |
|
XXga quyidagi qogʻozni soldingizmi? |
Chop qilish parametrlarini o‘zgartiring yoki qog‘oz kasetasidagi chop qilish sozlamalariga mos keluvchi qog‘oz soling va keyin qog‘oz sozlamalarini o‘zgartiring. Agar keyingi safar bu xabarning ko‘rsatilishini xohlamsangiz, Sozlamalar > Yo‘naltirgich funksiyalari ni tanlang va keyin Qog‘oz mos emas ni O‘ch ga o‘rnating. |
|
Recovery Mode |
Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi. Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling. 1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.) 2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring. |
* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun mahsulot yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda hoshiyasiz chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.