Chiqqan hujjat tortmasi olib qo‘yilganda tokchada qog‘oz yo‘qligini tekshiring, va keyin
-ni tanlash yoki qo‘lingiz bilan surish orqali yoping.
Boshqaruv panelini ko‘taring.

Old qopqoq shirq etmay turib, uni oching.

Printer ishlamayotganligini tekshiring va 1-qog‘oz kassetasini chiqarib oling. 1-qog‘oz kassetasi da tenglishtirish belgisi
mavjud, u uni osongina joylashtirishga imkon beradi.

Agar 1-qog‘oz kassetasi qurilmasi orqada bo‘lib, olishning iloji bo‘lmayotgan bo‘lsa, printerni o‘chirib, yana yoqish orqali uni chiqarib olishingiz mumkin.
Chekkalar yo‘naltirhichlarini maksimal holatiga suring.

Old qirra yo‘naltirgichini ishlatmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamiga moslang.

Qog‘ozni chop qilinadigan tomonini pastga qaratib old qirra yo‘naltirgichiga teskari qilib soling.

Solingan qog‘oz kassetadagi uchburchak belgidan o‘tib ketmasin.

Qog‘oz uchun ko‘rsatilgan maksimal varaqlar sonidan ortiq qog‘oz solmang. Qog‘ozni qirra yo‘naltirgichi ustidagi uchburchak belgisidan oshib ketmaydigan qilib qo‘ying.

Kaseta qurilmasiga har xil turdagi qog‘oz solmang.
Qirra yo‘naltirgichini qog‘oz qirrasiga suring.

1-qog‘oz kassetasi qurilmasini qo‘ying. Printer bilan lotokdagi moslashtirish chiziqlarini tenglashtiring.

Qog‘oz o‘lchami va qog‘oz turini tanlang.
Sozlamalarni tekshiring va keyin Close-ni tanlang.
Chop qilish boshlanishi bilan chiqarish tokchasi avtomatik tarzda tashqariga chiqadi.