SSID va parolni kiritish orqali Wi-Fi sozlamalarni o‘rnatish

Printerning boshqaruv panelidan simsiz routerga ulanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni kiritish orqali Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatishingiz mumkin. Bu usuldan foydalanib o‘rnatish uchun simsiz routerga SSID va parolni kiritishingiz kerak bo’ladi.

Eslatma:

Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo’yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo’lsangiz, SSID va parol yorliqda bo’ladi. Agar SSID va parolni bilmasangiz, simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  1. Bosh ekranda tugmasiga tegining.

  2. Wi-Fi (Recommended) tugmasini bosing.

    Agar printer Ethernet tarmog‘i orqali allaqachon ulangan bo‘lsa, Router bandini bosing.

  3. Start Setup tugmasini bosing.

    Tarmoq aloqasi sozlab bo‘lingan bo‘lsa, ulanish tafsilotlari ko‘rsatiladi. Sozlamalarni o‘zgartirish uchun Change Settings tugmasiga tegining.

    Agar printer Ethernet tarmog‘i orqali allaqachon ulangan bo‘lsa Change to Wi-Fi connection. bandiga tegining va xabarni tekshirgandan so‘ng Yes tugmasini bosing.

  4. Wi-Fi Setup Wizard tugmasini bosing.

  5. Simsiz router uchun SSID tanlang.

    Eslatma:
    • Agar siz ulanmoqchi bo‘lgan SSID printerning boshqaruv panelida ko‘rsatilmasa, ro‘yxatni yangilash uchun Search Againga tegining. U baribir ekranda ko‘rsatilmasa, Enter Manually tugmasiga tegining va SSID’ni to’g‘ridan-to’g‘ri kiriting.

    • Agar siz tarmoq nomini (SSID’ni) bilmasangiz, ma’lumotlarning simsiz routerining yorlig‘ida yozilganligi yoki yo’qligini tekshiring. Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo’yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo’lsangiz, yorliqdagi SSID’dan foydalaning. Agar hech qanday ma’lumotni topa olmasangiz, simsiz router bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  6. Enter Password maydoniga teginib, parolni kiriting.

    Eslatma:
    • Parolda katta-kichik harflar farq qiladi.

    • Agar siz parolni bilmasangiz, ma’lumotlarning simsiz routerining yorlig‘ida yozilganligi yoki yo’qligini tekshiring. Yorliqda parol “Network Key”, “Wireless Password” kabi yozilgan bo‘lishi mumkin. Agar siz simsiz routerdan uning sukut bo’yicha parametrlari asosida foydalanayotgan bo’lsangiz, yorliqda yozilgan paroldan foydalaning.

  7. O‘rnatish nihoyasiga yetgach, Start Setupga tegin.

  8. Close tugmasini bosing.

    Agar Close tugmasini boshmasangiz, muayyan vaqtdan so‘ng bu ekran avtomatik tarzda yopiladi.

    Eslatma:

    Agar ulana olmasangiz, A4 o‘lchamdagi oddiy qog‘oz qo‘yib, Print Check Reportga teginish orqali ulanish hisobotini chop eting.

  9. Tarmoq ulanishi sozlamalari ekranida Closega tegining.