Qirqish sohasini sozlaydi. Siz ramkani qirmoqchi bo‘lgan sohaga surishingiz yoki burchaklardagi
bandini surgan holda, ramka o‘lchamini o‘zgartirishingiz mumkin. Shuningdek, siz ramkani aylantirishingiz ham mumkin.
Och jigarrang yoki oq-qora chop qiladi.
Tasvirni sozlash parametrlaridan birini tanlang. Auto, People, Landscape, yoki Night Scene asl tasvir ma’lumotlaridagi kontrast, to‘yinganlik va ravshanlikni avtomatik sozlash orqali tiniqroq tasvirlar hamda yorqinroq ranglar hosil qiladi.
Auto:
Pinter tasvirdagi ma’lumotlarni aniqlaydi va shu aniqlangan ma’lumotga ko‘ra avtomatik tarzda tasvirni yaxshilaydi.
People:
Kishilarning tasvirlari uchun tavsiya qilinadi.
Landscape:
Peyzaj yoki dekoratsiya tasvirlari uchun tavsiya qilinadi.
Night Scene:
Tungi ko‘rinishlarning tasvirlari uchun tavsiya qilinadi.
Enhance Off:
Enhance funksiyasini o‘chiradi.
Fotosuratlardagi ko‘zning qizarishi muammosini hal qiladi. Tuzatishlar asl faylga emas, balki chop qilishlarga qo‘llaniladi. Fotosurat turiga bog‘liq ravishda tasvirning ko‘zdan boshqa qismlari tuzatilishi mumkin.
Tasvir rangining ochligini rostlaydi.
Och rang va to‘q rang orasidagi farqni sozlaydi.
Tasvirning konturini kuchaytiradi yoki fokusdan yo‘qotadi.
Tasvirning yorqinligini rostlaydi.