> Qog‘ozlar va CD/DVD disklarni yuklash > CD/DVD ni yuklash > CD/DVD bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

CD/DVD bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

  • CD/DVD bilan muomala qilish yoki ma'lumotlar yozish to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun CD/DVD bilan birga berilgan hujjatlarga qarang.

  • Unga ma'lumotlaringizi yozishdan avval CD/DVD ustiga yozmang. Agar shunday qilsangiz, yuzasidagi kirlar yoki tirnalishlar yozish vaqtida xatolikka olib kelishi mumkin.

  • CD/DVD turi yoki chop qilinayotgan ma'lumotlarga bog'liq ravishda dog'lar hosil bo'lishi mumkin. Bo'sh CD/DVD da sinov uchun chop qilishga urinib ko'ring. To'liq bir kun kutgandan keyin yozilgan yuzani tekshiring.

  • Asl Epson qog'oziga chop qilishga nisbatan siyohning CD/DVD da dog' hosil qilishining oldini olish uchun chop qilish zichligi pasaytirilgan. Zarur hollarda chop qilish zichligini o'zgartiring.

  • Chop qilingan CD/DVD ning to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalangan holda kamida 24 soat davomida qurishiga imkon bering. Ular to'liq qurimagunicha CD/DVD larni taxlamang yoki qurilmangizga solmang.

  • Agar u qurigandan keyin ham chop qilingan yuza yopishqoq bo'lsa, chop qilish zichligini pasaytiring.

  • O'sha CD/DVD ustiga qaytadan chop qilish uning sifatini yaxshilamaydi.

  • Agar CD/DVD lotogi yoki ichki shaffof bo'lmaga tasodifan chop qilingan bo'lsa, darhol siyohni artib tashlang.

  • Chop qilish sohasi parametriga bog'liq ravishda CD/DVD yoki CD/DVD lotogi kirlanishi mumkin. Chop qilish mumkin bo'lgan sohaga chop qilish uchun parametrlarni o'rnatishni bajaring.

  • Siz CD/DVD uchun chop qilish diapazonini ichki diametr uchun minimum 18 mm ga va tashqi diametr uchun maksimum 120 mm ga o'rnatishingiz mumkin. Parametrlarga bog'liq ravishda CD/DVD yoki lotok dog'langan bo'lishi mumkin. O'zingiz chop qilmoqchi bo'lgan CD/DVD uchun chop qilish diapazoni doirasida o'rnating.