Siyoh kartrijlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan saqlang.
Siyoh kartrijlarini yuqori yoki muzlatuvchi haroratlarda saqlamang.
Yaxshi natijalar uchun, Epson siyoh kartrijlarini upakovka ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha, yoki upakovka ochilgandan olti oy ichida, qay biri vaqtliroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya qiladi.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun siyoh kartridji qadoqlarini tag qismini pastga qilgan holda saqlang.
Siyoh kartridjini sovuq saqlash joyidan ichkariga keltirgandan keyin undan foydalanishdan avval uni xona haroratigacha isitish uchun kamida uch soat kuting.
Uni printerga o'rnatishga tayyor bo'lmaguningizcha siyoh kartridji qadog'ini ochmang. Uning ishonchliligini ta'minlash uchun kartridj vakuumli ravishda qadoqlangan. Agar undan foydalanishdan avval kartridjni qadoqlanmagan holda uzoq vaqt qodlrisangiz, chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

Barcha siyoh kartridjlarini o'rnating; aks holda chop qilib bo'lmaydi.
Siyoh kartridjlarini quvvat o'chirilgan holda almashtirmang. Chop qilish golovkasini qo'lingiz bilan harakatlantrimang; aks holda printernga zarar yetkazishingiz mumkin.
Siyoh kartrijini o'rnatgandan keyin printer siyoh bilan to'ldirilayotgan vaqtda quvvat chirog'i miltillashda davom etadi. Siyoh bilan to'ldirilayotgan vaqtda printerni o'chirmang. Agar siyoh bilan to'ldirish tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.
Printerni siyoh kartrijlari olingan holda qoldirmang yoki kartrijni almashtirish vaqtida printerni o'chirmang. Aks holda chop qilish kallagi uchliklarida qolgan siyoh quriydi va chop qila olmay qolishingiz mumkin.
Siyoh kartridji ushlagichi ichiga chang va boshqa narsalarning kirishiga yo'l qo'ymang. Ushlagich ichidagi har qanday narsa chop qilish natijasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi yoki chop qilib bo'lmaslikka olib kelishi mumkin. Agar ushlagich ichiga biror narsa kirsa, ehtiyotlik bilan uni olib tashlang.
Agar keyinchalik foydalanish yoki chiqitga chiqarish uchun kartridjni printerdan olib qo'ysangiz, siyohning qurib qolishi yoki atrofdagi sohalarning siyoh bilan ifloslanishining oldini olish uchun kartridjning siyoh ta'minoti portiga qopqog'ini yopib qo'ying.

Agar keyinchalik foydalanish uchun siyoh kartrijini printerdan olib qo'ysangiz, Epson undan iloji borija tezroq foydalanishni tavsiya qiladi.
Bu printer har bir kartridjdagi qolgan siyoh miqdori kabi ma'lumotlarni nazorat qilib boruvchi yashil chip qilan jihozangan kartridjdan foydalanadi. Bu kartridjdan to'liq foydalanib bo'lishidan avval printerdan olingan bo'lsa ham uni printerga qayta o'rnatgandan keyin kartridjdan foydalanish mumkin ekanligini anglatadi. Biroq kartridjni qaytadan o'rnatishda printer ishini kafolatlash uchun ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qilinishi mumkin.
Siyohdan maksimal darajada samarali foydalanish uchun siyoh kartridjini faqat uni almashtirishga tayyor bo'lganingizdagina oling. Ichida siyohi juda kam bo'lgan kartridjlarni qaytadan o'rnatganda foydalanib bo'lmasligi mumkin.
Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Sizga keltirilgan ma'lumotlar bu zahirani o'z ichiga olmaydi.
Siyoh kartridjlarini qismlarga ajratmang yoki moslashtirmang, aks holda chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Printer bilan birga berilgan kartridjlardan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.
Kartridjni almashtrishni darhol yakunlang. Printerni kartridjlari olingan holda qoldirmang.
Chop qilish golovkasining optimal darajada ishlashini ta’minlash uchun barcha kartrijlardagi siyohlar texnik xizmat ko’rsatishda ishlatiladi. Siyoh kartrijlarni almashtirganingizda yoki printerni yoqqaningizda ham sarhlanishi mumkin.
Monoxrom yoki kulrang rejimda chop qilganda qog'oz turi yoki chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda qora siyoh o'rniga rangli siyohlardan foydalanish mumkin. Bu qora rangni olish uchun rangli siyohlar aralashmasidan foydalanilishi tufaylidir.
Printer bilan birga berilgan siyoh kartridjlaridagi siyohdan dastlabki o'rnatish vaqtida qisman foydalaniladi. Yuqori sifatli chop qilishlarni ta'minlash maqsadida printerning chop qilish golovkasi siyoh bilan to'liq to'ldirib olinadi. Bu bir martalik jarayon ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qiladi va shuning uchun bu siyoh kartridjlari keyingi siyoh kartridjlariga qaraganda kamroq sahifaga yetishi mumkin.
Ko'rsatilgan chop qilinadigan sahifalar soni chop qilinayotgan tasvirlar, chop qilishda foydalanilayotgan qog'oz turi, chop qilishdan qanchalik ko'p foydalanilishi va harorat kabi atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.