Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh texnik xizmat ko‘rsatish qutisiga to‘planishi mumkin. Texnik xizmat ko‘rsatish qutisidan siyoh oqishining oldini olish uchun printer texnik xizmat ko‘rsatish qutisining so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Texnik xizmat qutisini almashtirish kerakligi haqida xabar chiqsa, minusli buragichni tayyorlang va ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring. Qutini almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism.

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi to‘lganida siyoh oqib ketishining oldini olish uchun u almashtirilmagunicha chop qila va chop qilish kallagini tozalay olmaysiz. Lekin, skanerlash kabi siyoh ishlatilmaydigan amallarni bajarishingiz mumkin.
Quyidagi ekran ko‘rsatilganida qismni foydalanuvchilar tomonidab almashtirib bo‘lmaydi. Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.

Yangi texnik xizmat qutisini o‘ramidan oling.
Texnik xizmat ko'rsatish qutisining yon tomonidagi yashil chipga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.
Yangisining o‘ramida eski quti uchun shaffof o‘ram berilgan bo‘ladi.
Hujjat qopqog‘ini oching.

Boshqaruv panelini oching.

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi qopqog‘i printerdan ajralgunicha tekis otvertka bilan burama mixni bo‘shating.

Texnik xizmat ko‘rsatish qutisi qopqog‘ini chiqarib oling.

Ishlatilgan texnik xizmat qutisini chiqaring.

Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlashga halaqit berishi va sizga siyoh sachrashi mumkin.

Ishlatilgan texnik xizmat qutisini yangi quti bilan kelgan shaffof o‘ramga solib, o‘rab yoping.
Yangi texnik xizmat qutisini printerga oxirigacha kirgizing.
Qopqoqni o‘rniga qo‘ying.
Qopqoqdagi panellarni o‘z slotlariga qo‘ying va murvatni qotiring. Agar qopqoq to‘g‘ri qo‘yilmasa, siyoh oqishi mumkin.

Hujjat qopqog‘ini yoping.

Done-ni tanlang.
Agar texnik xizmat qutisi aniqlanmasa, uni qayta qo‘yishga harakat qiling. Agar baribir ham aniqlanmasa, texnik xizmat qutisini almashtiring. Printerga texnik xizmat qutisi o‘rnatilgach, uni boshqa printerlar bilan ishlatib bo‘lmaydi.