Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini uzish

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini faolsizlantirishning ikki usuli mavjud; printer boshqaruv panelidan foydalanib barcha ulanishlarni faolsizlantirishingiz yoki kompyuter yoki smart qurilmadan har bir ulanishni faolsizlantirishingiz mumkin. Bu bo‘limda barcha ulanishlarni qanday faolsizlantirish tushintiriladi.

Muhim:

Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi o‘chirib qo‘yilganda Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishi orqali printerga ulangan barcha kompyuterlar va smart qurilmalar uziladi.

Eslatma:

Agar siz aniq bir qurilmani uzmoqchi bo‘lsangiz, printerning o‘rniga qurilmaning o‘zidan uzing. Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ulanishini qurilmadan uzib qo‘yish uchun quyidagi usullardan biridan foydalaning.

  • Printer tarmoq nomiga (SSID) bo‘lgan Wi-Fi ulanishni uzing.

  • Boshqa tarmoq nomiga (SSID) ulang.

  1. Bosh ekranda tugmasiga tegining.

  2. Wi-Fi Direct tugmasini bosing.

    Wi-Fi Direct (Oddiy KN) ma’lumoti ko‘rinadi.

  3. Start Setup tugmasini bosing.

  4. Change Settings tugmasini bosing.

  5. Disable Wi-Fi Direct tugmasini bosing.

  6. Xabarni tekshiring, keyin Disable the settingsga tegining.

  7. Nihoyasiga yetganlik haqidagi xabar paydo bo‘lsa, Closega tegining.

    Agar Close tugmasini boshmasangiz, muayyan vaqtdan so‘ng bu ekran avtomatik tarzda yopiladi.

  8. Close tugmasini bosing.