Uch daqiqaga yaqin biror amal bajarilmasa, rasmlarni slaydshou ko‘rinishida chiqib turishi uchun Memory Card Data bandini tanlang.
USB ulanish yoki tarmoq ulanishi orqali printer chop qilish yoki skanerlash buyrug‘ini olganda u avtomatik tarzda yonishi uchun On bandini tanlang. Chop qilishni boshlash uchun siz chiqarish lotogini chiqarishingiz zarur. Shuningdek, Auto Power On parametrini ishga tushirish printer to‘la o‘chirilgandan ko‘ra sal ko‘p elektr energiyasini sarf qiladi.
Chop qilish yoki skanerlash ishi tugagandan so‘ng yoki biror ish bajarmasdan belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng printer avtomatik tarzda o‘chishi uchun Power Off Timer sozlamasidan foydalaning. Internet orqali chop qilish orqali uzoq masofadan turib ishlaganda bu funksiya qo‘l keladi.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki Power Off Settings funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Quvvatlarni boshqarish qo‘llanilishidan avval vaqtni sozlashingiz mumkin. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Jihoz qayerda xarid qilinganiga qarab ushbu funksiya yoki Power Off Timer funksiyasi bo‘lishi mumkin.
Power Off If Inactive
Printer muayyan vaqt davomida ishlatilmasa, avtomatik ravishda o‘chishi uchun shuni tanlang. Har qanday orttirish mahsulotning quvvat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘zgartirishlar qilishdan avval atrof-muhitni hisobga oling.
Power Off If Disconnected
Barcha portlar, jumladan, USB porti bilan aloqa uzilgach, belgilangan vaqtdan keyin printer o‘chishi uchun ushbu sozlamani tanlang. Mintaqangizga qarab, bu xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Belgilangan vaqtni koʻrish uchun quyidagi veb-saytga raqang.