> Muammolarni hal qilish > Muammoning yechimi > Printer ulanishini tekshiring.

Printer ulanishini tekshiring.

Printer ulanishi bilan bog‘liq muammo mavjudligini tekshiring.

Tekshirish nuqtasi

Yechim

Printer tarmoqqa to‘g‘ri ulanganmi?

Tarmoq ulanishini tekshirish uchun tarmoq ulanishini ishga tushiring.

LCD ekranida > Tarmoqqa ulanib bo‘lmaganda bandini tanlang. Tarmoq ulanishi hisobotini chop qiling va keyin ulanish bilan bog‘liq muammo bor hollarda administratordan ummoni hal qilishini so‘rang.

Kompyuteringizga printer drayveri o‘rnatilganmi?

Printer drayverining o‘znatilganligi yoki yo‘qligini kompyuteringizdagi Sozlamalar > Qurilmalar > Printerlar menyusidan tekshirishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun tegishli ma’lumotlarga qarang.

Kompyuteringizda printer ma’lumotlari ko‘rsatilayaptimi?

Kompyuter bilan printer o‘rtasidagi ulanish holatini tekshirish uchun Epson Status Monitor 3 ilovasidan foydalanishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun tegishli ma’lumotlarga qarang.

Agar printer holatini tekshira olmasangiz, to‘g‘ri portni tanlab bo‘lmaslik mumkin. Tarmoqdagi printerga ulaganingizda biz EpsonNet chop qilish porti bandini tanlashni tavsiya qilamiz. Agar EpsonNet chop qilish porti mavjud bo‘lmasa, printer drayverini qayta o‘rnating.

Simsiz LAN (Wi-Fi) ulanishi uzilib qoldimi yoki siz kompyuteringizda USB 3.0 qurilmasidan foydalanganingizda u ulana olmayaptimi?

Qurilmangizni Mac’da USB 3.0 portiga ulaganingizda radiochastotali halaqitlar yuzaga kelishi mumkin. Quyidagilarni sinab koʻring.

  • USB 3.0 portiga ulangan qurilmani kompyuterdan uzoqroqqa siljiting.

  • Foydalanilmayotgan USB 3.0 qurilmalarini o‘chiring yoki ularni faqat zarur hollarda ulang.

  • 5 Gts diapazon uchun SSIDga ulaning.

Kompyuteringiz yoki smart qurilmani tarmoqqa ulay olasizmi?

Kompyuter yoki smart qurilmada veb-saytni ko‘ra olishingizni tekshiring (ma’lumotlarni uzatish o‘chirib qo‘yilgan). Agar unga kira olmasangiz, tarmoq bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘ladi. Administratordan muammoni hal qilishini so‘rang.