
Ishlashi dasturga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun dastur yordamiga qarang.
Printerga qog‘oz soling.
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.
Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.
Printerni tanlang.
Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

Zarur bo‘lgan hollarda sozlamalarni o‘zgartiring.
Batafsil ma’lumotlar olish uchun printer drayveri menyu opsiyalariga qarang.
Elementlarni o‘rnatish tushuntirishlarini olish uchun onlayn yordamga qarashingiz ham mumkin. Elementga o‘ng tugmani bosish Yordam-ni namoyish qiladi.
Oldindan ko‘rish-ni tanlaganingizda chop qilishdan oldin hujjatning dastlabki ko‘rinishini ko‘rishingiz mumkin.
Printer drayveri oynasini yopish uchun OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.
Oldindan ko‘rish-ni tanlaganingizda, dastlabki ko‘rish oynasi namoyish qilinadi. Sozlamalarni o‘zgartirish uchun Bekor-ni cherting va keyin 2-qadamdagi harakatlarni takrorlang.
Agar chop qilishni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, kompyuterda Qurilmalar va printerlar, Printer-da yoki Printerlar va fakslar-da printerga o‘ng tugmani bosing. Nima chop qilinayotganligini ko‘rish-ni cherting, bekor qilmoqchi bo‘lgan chop qilish ishiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va keyin Bekor qilish-ni tanlang. Biroq u printerga butunlay jo‘natilgandan keyin kompyuterdan chop qilish ishini bekor qila olmaysiz. Bunday hollarda printerning boshqaruv panelidan foydalangan holda chop qilish ishini bekor qiling.