Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:
O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.
Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerningdagi chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tazdda tanlash uchun Avto tanlash bandini tanlang.
O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan bandini tanlasangiz, qog‘oz eni va bo‘yini kiriting.
Chop qilinadigan ma’lumotlar qog‘oz o‘lchamiga qaraganda bir oz kattalashtiriladi, shuning uchun qog‘oz qirralari bo‘ylab hoshiyalar chop qilinmaydi. Kattalashtirish sonini tanlash uchun Sozlamalar-ni cherting.
Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Siz tanlagan qog‘oz turiga mos tarzda sozlamalar mavjud. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.
2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.
Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin.
Chop qilish zichligini sozlash uchun hujjat turini tanlang. Agar mos chop qilish zichligi tanlangan bo‘lsa, qog‘ozning orqa tomoni orqali tasvirlar rangini aralashib ketishining oldini olish mumkin. Chop qilish zichligini qo‘lda sozlash uchun User Defined bandini tanlang.
Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun qolip tartibi ustiga bosing.
Chop qilmoqchi bo’lgan nusxalar sonini qo‘ying.
Tartib bo’yicha qo’yilgan yoki to’plamlarga ajratilgan ko’p sahifali hujjatlarni chop qiladi.
Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.
Printerdan chiqadigan shovqinni pasaytiradi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.
Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.
Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.