> Printerga texnik xizmat ko‘rsatish > Qog‘ozni tashish va saqlash

Qog‘ozni tashish va saqlash

Printerni ko‘chirganda yoki ta’mirlaganda printerni saqlashingiz yoki tashishingiz kerak bo‘lgan hollarda printerni qadoqlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  2. Quvvat chirog‘ining o‘chganligiga ishonch hosil qiling va ta’minot shnurini rozetkadan uzing.

    Muhim:

    Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. Aks holda qiyohning qurib qolishiga olib kelgan holda chop qolish kallagi boshlang‘ich holatga qaytmasligi va chop qilish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin.

  3. Ta’minot shnuri va USB kabel singari barcha kabellarni uzing.

  4. Tashqi USB qurilmasi suqilgan holatda qolib ketmaganligiga ishonch hosil qiling.

  5. Printerdan barcha qog‘ozlarni olib qo‘ying.

  6. Printerda asl nusxalarning qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

  7. Hujjat qopqog‘i yopilgan holda skaner qurilmasi qopqog‘ini oching.

    Diqqat:

    Skaner blogi qopqog‘ini ochganda yoki yopganda qo‘llaringiz yoki barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Aks holda jarohat olishingiz mumkin.

  8. Tashish qulfini qulflangan (transport) holatiga sozlang.

    Tashish qulfi tashish va saqlash paytida siyoh oqishining oldini olish maqsadida siyoh taʼminlagichni toʻxtatadi.

    Chop qilish kallagi quyida koʻrsatilgan notoʻgʻri holatda boʻlsa, uni qoʻlingiz bilan suring.

  9. Chop qilish kallagini tasma bilan korpusta mahkamlang.

  10. Skaner qurilmasini yoping.

  11. Siyoh idishi qalpoqchasini siyoh idishiga mahkam o‘rnatganligingizga ishonch hosil qiling.

  12. Siyoh idishi qopqog‘ini mahkam yoping.

  13. Quyida ko‘rsatilgani kabi printerni qadoqlashga tayyorlang.

  14. Printerni plastik qopchaga joylashtiring va uni buklagan holda yoping.

  15. Printerni o‘z qutisiga solib, uni himoya materiallari bilan o‘rang.

Muhim:
  • Printerni tashiyotganda uni mahkam turgan holatda ko‘taring. Printerni beqaror holatda turib ko‘tarsangiz, jarohat olishingiz mumkin.

  • Printer og‘ir bo‘lganligi sababli, uni o‘ramdan ochish va tashishda kamida ikkita odam ko‘tarishi kerak.

  • Printerni ko‘targanda qo‘llaringizni quyida ko‘rsatilgan tarzda qo‘ying. Agar printerni boshqacha tarzda ko‘tarsangiz, printer tushib ketishi yoki yerga qo‘yayotganda barmog‘ingizni qisib qolishi mumkin.

  • Printerni tashiyotganda 10 darajadan ortiqroqqa egmang, aks holda yiqilib ketishi mumkin.

  • Printerni saqlaganingizda yoki tashiganingizda uni plastik qopchaga joylang va qopchani yoping. Printerni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to’ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

Muhim:
  • Siyoh butilkasini saqlashda yoki tashishda butilkani qiyshaytirmang va uni turli ta’sirlar yoki harorat o’zgarishlari muhitiga qo'ymang.Aks holda xattoki butilka qopqog'i mahkam yopilgan bo'lsa ham siyoh oqib ketishi mumkin.Qopqoqni qotirayotgan vaqtda siyoh butilkasini tik bo‘lishiga ishonch hosil qiling va butilkani tashiganda, masalan, uni sumka ichiga solganda, siyohning oqib ketishining oldini olish choralarini ko'ring.

  • Ochilgan siyoh butilkalarini printer bilan bitta qutiga joylashtirmang.

Kelasi safar printerni ishlatganda chop qilish kallagini muhofaza qilivchi lenta olib tashlanishi va tashish qulfi ochiq (chop qilish) holatiga sozlangan boʻlishi lozim. Keyingi safar chop qilganingizda chop qilish sifati yomonlashsa, chop qilish kallagini tozalang va tekislang.