Kuchli tozalash xususiyati quyildagi hollarda chop qilish sifatini yaxshilashi mumkin.
Ko‘pchilik soplolar tiqilib qolganda.
Siz naychalarni tekshirish va kallakni tozalashni 3 uch marta bajarib, chop qilmasdan kamida 12 soat kutganingiz, lekin sifat baribir yaxshilanmaganda.
Bu xususiyatni ishga tushirishdan avval soplolarning tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun soploni tekshirish xususiyatidan foydalaning, ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing va keyin Kuchli tozalash ni ishga tushiring.
Siyohdonlarda yetarlicha siyoh borligiga ishonch hosil qiling.
Har bir siyohdonning kamida uchdan bir qismi to‘liq bo‘lishini ko‘zdan kechirib tekshiring.Kuchli tozalash paytida siyoh darajasi past bo‘lsa, bu mahsulotga zarar yetkazishi mumkin.
Kuchli tozalash amallari orasi 12 soat bo‘lishi talab qilinadi.
Odatda bitta Kuchli tozalash jarayoni 12 soat davomida chop qilish masalasini bartaraf qilishi zarur.Shu sababli, siyohning behuda sarflanishining oldini olish uchun siz uni sinab ko‘rishdan avval, 12 soat kutishingiz kerak bo‘ladi.
Texnik xizmat qutisini almashtirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Siyoh texnik xizmat qutisiga solinadi.Agar u to‘lib qolsa, chop qilishni davom ettirish uchun siz texnik xizmat qutisini tayyorlashingiz va o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.
Agar siyoh darajasi yoki texnik xizmat qutisidagi bo‘sh joy Kuchli tozalash uchun yetarli bo‘lmasa, siz bu funksiyani ishga tushira olmaysiz.Hatto shu holatda ham, chop qilish uchun darajalar va bo‘sh joy qolishi mumkin.
Bosh ekranda Qarov-ni tanlang.
Kuchli tozalash-ni tanlang.
Kuchli tozalash funksiyasini ishga tushirish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Agar siz bu funksiyani ishga tushira olmasangiz, ekranda ko‘rsatilgan muammolarni hal qiling. So‘ngra, bu funksiyani ishga tushirish uchun ushbu tartibni 1-bosqichdan boshlab amalga oshiring.
Bu funksiyani ishga tushirgandan so‘ng, naychalar tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun uni tekshirishni amalga oshiring.
Soploni tekshirishni qanday ishga tushirish tafsilotlarini ko‘rish uchun quyidagi tegishli ma’lumotlar havolasiga qarang.
Agar Kuchli tozalash ni ishga tushirgandan keyin chop qilish sifati yahshilanmasa, chop qilmasdan kamida 12 soat kuting, va keyin soploni tekshirish qismini yana chop qiling. Chop qilingan qismga qarab Chop etish kallagini tozalash yoki Kuchli tozalash ni ishga tushuring. Agar sifat baribir yaxshilanmasa, Epson qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Kuchli tozalashni printer drayveridan ishga tushirishingiz ham mumkin.
Windows
Kuchli tozalash panelidagi Texnik xizmat-ni cherting.
Mac OS
Apple menyu > Tizim afzalliklari > Printerlar va skanerlar (yoki Chop qilish va skanerlash, Chop qilish va fakslash) > Epson(XXXX) > Opsiyalar va ta’minotlar > Yordamchi dastur > Printer yordamchi dasturini ochish > Kuchli tozalash