Chop etish ko‘lamini belgilang. Tashqi diametr uchun 120 mm gacha va ichki diametr uchun eng kamida 18 mm gacha qiymat belgilanishi mumkin. Sozlamaga bog’liq ravishda CD/DVD yoki CD/DVD tokchasi kirlanishi mumkin. CD/DVD’ingiz chop qilish sohasiga moslash uchun masshtab belgilaydi.
CD/DVD ustiga chop qilish, A4 qog‘ozda sinab chop qilish
CD/DVD’ga chop qilish yoki A4 o‘lchamli oddiy qog‘ozga sinov tariqasida chop qilib ko‘rishdan birini tanlaydi. Agar A4 qog‘ozda sinab chop qilish bandini tanlasangiz, CD/DVD’ga chop qilishdan oldin chop qilish natijasini tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.
(Chop qilish holatini sozlash)
Asl hujjatni skanerlashni boshlaydi va skanerlangan tasvirni ko‘rsatadi. Ko‘zdan kechirish ekranida siz chop qilish holatini sozlashingiz mumkin.
Rangli
Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.
Oq-qora
Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.
(Zichlik)
Nusxasi xira chiqsa, + belgisidan foydalangan holda zichlik darajasini oshiring. Siyoh chaplanib ketsa, - belgisidan foydalangan holda zichlik darajasini kamaytiring.
Sifat
Nusxa olish uchun sifatni tanlang. Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin. Agar anchagina balandroq sifatdan foydalanib oddiy qog‘ozga chop qilmoqchi bo‘lsangiz, Eng yaxshi ni tanlang. Chop qilish tezligi sezilarli darajada sekinlashishi mumkinligini yodda tuting.
Barcha soz-ni tozalash
Nusxalash sozlamalarini standart holatiga qaytaradi.