> Nusxa ko'chirish > CD/DVD yorlig‘idan nusxa olish

CD/DVD yorlig‘idan nusxa olish

Siz disk yorlig‘i yoki CD/DVD ustiga rasm ko‘rinishidagi asl kvadratlardan nusxa olishingiz mumkin.

Muhim:
  • CD/DVD ga chop qilishdan avval CD/DVD bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralariga qarang.

    CD/DVD bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

  • Printer ishlayotgan holda CD/DVD lotogini kiritmang. Bu printerni shikastlashi mumkin.

  • Shunday ko‘rsatma berilmaguncha CD/DVD lotogiga qo‘ymang. Aks holda, xatolik yuzaga keladi va CD/DVD chiqarib tashlanadi.

  1. Boshqaruv panelidagi Turli bosmalar bandini tanlang.

  2. CD/DVD ga nusxalash > CD/DVD ga nusxalashni tanlang.

  3. Ekranda keltirilgan ko‘rsatmalarga muvofiq asl nusxani joylashtiring va so‘ngra Tashqi/Ichkini sozlashda davom eting. bandini tanlang.

    Agar CD/DVD qoq markaziga qo‘yilmasa, uning holati avtomatik tarzda to‘g‘rilanadi.

  4. dan foydalangan holda, ichki yoki tashqi diametrni ko‘rsating va so‘ngra Turini tanlang bandini tanlang.

    Shuningdek, ichki yoki tashqi diametr hoshiyasidagi qiymatini tanlash va bunda ekrandagi tugmachaladan foydalangan holda qiymatni kiritishingiz mumkin.

    Eslatma:
    • Tashqi diametr uchun 114 mm dan 120 mm gacha va ichki diametr uchun 18 mm dan 46 mm gacha bo‘lgan qiymatni belgilashingiz mumkin.

    • Disk yorlig‘i chop qilinganidan keyin siz o‘rnatgan tashqi va ichki diametr sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklanadi. Har safar chop qilganda bu diametrlarni o‘rnatish talab qilinadi.

    CD/DVD ga nusxalash uchun menyu opsiyalari

  5. CD/DVD ustiga chop qilish-ni tanlang.

    Eslatma:

    Chop qilishni tekshirib olish uchun A4 qog‘ozda sinab chop qilish bandini tanlang va oddiy A4 formatdagi qog‘ozni qog‘oz kassetasi qurilmasiga soling. CD/DVD yorliqqa chop qilishdan avval tasvirni chop qilib, tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

  6. Ekranda CD/DVD’ni solish to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘lganda, Qanday qilib ni tanlang va CD/DVD solish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.

    Muhim:

    CD/DVD ni CD/DVD lotogiga chop qilinadigan tomonini yuqoriga qilgan holda soling. CD/DVD tokchasiga avaylab qo‘yish uchun CD/DVD’ning markazini bosing. Aks holda, CD/DVD tokchasidan tushib ketishi mumkin. CD/DVD tokchaga mustahkam o‘rnashganini tekshirish uchun u tokchani aylantirib ko‘ring.

    Eslatma:

    Tokchani printerga solayotganingizda ozroq tebranish sezishingiz mumkin. Bu odatiy hol va siz uni gorizontal tarzda qo‘yishda davom etishingiz zarur.

  7. O‘rnatilgan-ni tanlang.

  8. CD/DVD ustiga chop etish panelini tanlang, rangli yoki oq-qora nusxa olishni tanlang va keyin nusxa olish zichligini o‘zgartiring.

    Eslatma:

    Skanerlangan tasvirni ko‘rish uchun tugmasini tanlang. Ko‘zdan kechirish ekranida siz chop qilish holatini sozlashingiz mumkin.

    CD/DVD ga nusxalash uchun menyu opsiyalari

  9. Qo‘shimcha sozlamalar bandini tanlang va so‘ngra zaruriy sozlamalarni o‘zgartiring.

    CD/DVD ga nusxalash uchun menyu opsiyalari

  10. CD/DVD ustiga chop etish sahifasini tanlang va keyin ga tegining.

  11. Chop etish yakunlangandan so‘ng, CD/DVD lotogi tashqariga chiqadi. Tokchani printerdan chiqarib oling va so‘ngra ekrandagi ko‘rsatmalarni bajargan holda, Chop etish tugallandi tugmasini tanlang.

    Muhim:

    Chop qilish yakunlangandan so‘ng, CD/DVD tokchasini chiqarganingizga ishonch hosil qiling. Agar tokchani chiqarmasangiz va printerni o‘chirsangiz yoki-yoqsangiz yoki kallakni tozlashga buyruq bersangiz, CD/DVD tokcha chop qilish kallagi bilan to‘qnashishi va printerning buzilishiga olib kelishi mumkin.

  12. CD/DVD’ni chiqarib oling va CD/DVD tokchasini 2-qog‘oz kassetasi tagiga soling.