/ Skanerlash / Kompyuterdan skanerlash / Epson Scan 2 yordamida skanerlash

Epson Scan 2 yordamida skanerlash

Epson Scan 2” skaner drayveridan foydalanib skanerlash mumkin. Originallarni matnli hujjatlarga mos keladigan batafsil sozlamalar bilan skanerlash mumkin.

Har bir o‘rnatiladigan parametr tushuntirishini ko‘rish uchun Epson Scan 2 yordamiga qarang.

  1. Originalni joylashtiring.

  2. Epson Scan 2-ni ishga tushiring.

  3. Asosiy sozlamalar panelida quyidagi parametrlarni o‘rnating.

    • Hujjat o'lchami: O‘zingiz joylashtirgan asl nusxaning o‘lchamini tanlang.
    • / (Asl oriyentatsiya) tugmalari: O‘zingiz joylashtirgan asl nusxa oriyentatsiyasini o‘rnatish uchun tanlang. Asl nusxaning o‘lchamiga bog‘liq ravishda bu element avtomatik ravishda o‘rnatilishi va o‘zgartirib bo‘lmasligi mumkin.
    • Rasm turi: Skanerlangan saqlangan tasvir uichun rangni tanlang.
    • Nuqtalar zichligi: Tasvir aniqligini tanlang.
    Eslatma:

    Hujjat manbasi parametri Skaner oynasi sifatida o‘zgarmas bo‘ladi. Bu parametrni o‘zgartira olmaysiz.

  4. Zarur bo‘lgan hollarda boshqa skanerlash parametrlarini o‘rnating.

    • Ko'rish tugmasini chertish orqali skanerlangan tasvirni dastlabki ko‘rishingiz mumkin. Dastlabki ko‘rish oynasi ochiladi va dastlabki ko‘rilgan tasvirlar namoyish qilinadi.
    • Qo'shimcha sozlamalar panelida quyidagilar kabi matnli hujjatlar uchun mos bo‘lgan boshqa tasvirlarni batafsil sozlash parametrlarini o‘rnatishingiz mumkin.
      • Fonni olib tashlash: Asl nusxalarning orqa fonini olib tashlang.
      • Matnni jilolash: Asl nusxadagi chaplangan harflarni tiniq va aniq qilishingiz mumkin.
      • Hududni avto segmentlash: Tasvirlari bo‘lgan hujjatlar uchun oq-qorada skanerlashni bajarish vaqtida harflarni aniq va tasvirlarni silliq qilishingiz mumkin.
      • Rang kuchaytirish: Siz skanerlangan tasvir uchun rangni yaxshilashingiz va so‘ngra uni kulrang shkalada yoki oq-qora qilib saqlashingiz mumkin.
      • Chegara: Hoshiyani ikkilik monoxrom (oq va qora) tusda sozlashingiz mumkin.
      • O'tmaslash maskasi: Tasvirning qirralarini yaxshilashingiz va o‘tkirlashtirishingiz mumkin.
      • Deskrining: Bosma qog‘ozlar, jimladan jurnallar skanerlanganda paydo bo‘ladigan muavr namunalarini (o‘rgimchak to‘riga o‘xshash soyalar) olib tashlashingiz mumkin.
      • Chekkasini bo'yash: Skanerlangan tasvir atrofida hosil qilingan soyalarni olib tashlashingiz mumkin.
      • Ikkitalik rasm chiqarish (Faqat Windows’da): Siz bir marta skanerlashingiz va ayni vaqtning o‘zida turli yakuniy sozlamalarga ega bo‘lgan ikkita tasvirni saqlashingiz mumkin.
    Eslatma:

    O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.

  5. Faylni saqlash sozlamalarini o‘rnating.

    • Rasm formati: Ro‘yxatdan saqlash formatini tanlang.
      BITMAP va PNG dan boshqa har bir saqlash formati uchun batafsil sozlashlarni o‘rnatishingiz mumkin. Saqlash formatini tanlagandan keyin ro‘yxatdan Opsiyalar-ni tanlang.
    • Fayl nomi: Namoyish qilingan faylni saqlash nomini tasdiqlang.
      Ro‘yxatdan Sozlamalar-ni tanlash orqali fayl nomi uchun sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin.
    • Jild: Ro‘yxatdan skanerlangan tasvir uchun saqlash papkasini tanlang.
      Ro‘yxatdan Tanlash-ni tanlash orqali boshqa papkani tanlashingiz yoki yangi papka yaratishingiz mumkin.
  6. Skanlash-ni cherting.