Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.
Sozlamalar > Qarov
Qarov
Kallak uchini tekshirish
Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.
Chop etish kallagini tozalash
Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.
Kuchli tozalash
Chop etish kallagi qattiq kirlangan boʻlsa yoki standart tozalashdan takrorlangan keyin ham kir boʻlsa, mexanik tozalashni amalga oshirish uchun ushbu funksiyani tanlang. Odatiy tozalashdan ko‘ra ko‘proq siyoh sarf qilinadi.
Kallakni rostlash
Vertikal tekislash
Chop qilingan narsalar chaplangan yoki matn hamda chiziqlar tekis bo‘lmasa, shu funksiyani tanlang.
Gorizontal tenglashtirish
Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.
Siyoh kartrij(lar)ini almashtirish
Siyoh tugashidan oldin siyoh kartrijlarini almashtirish uchun bu xususiyatdan foydalaning.
Texnik xizmat qutisi qolgan sig‘imi.
Texnik xizmat qutisining taxminiy ishlash muddatini ko‘rsatadi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi deyarli to‘lgan bo‘ladi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi to‘lgan bo‘ladi.
Rostlagichni tozalash
Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.