Tizim boshqaruvi

Bu menyudan foydalanib mahsulotni tizim ma’muri singari saqlashingiz mumkin. U sizga ishingiz yoki ofis uslubiga mos bo‘lishi uchun mahsulot xususiyatlarini alohida foydalanuvchilar uchun cheklab qo‘yishga imkon beradi.

Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tizim boshqaruvi

Kontaktlar menejeri
Qo‘shish/Tahrirlash/Yo‘q qilmoq:

Faks, E-pochtaga skanerlash va Tarmoq jildi/FTPga skanerlash menyulari uchun kontaktlarni qayd etish va/yoki o‘chirib tashlash.

Tez-tez ishlatiladigan:

Ko‘p ishlatiladigan kontaktlarga tez kirish uchun qayd etish. Ro‘yxat tartibini o‘zgartirish ham mumkin.

Printer kontaktlari:

Kontaktlar ro‘yxatini chop etish.

Parametrlarni ko‘rish:

Kontaktlar ro‘yxati ko‘rinishini o‘zgartirish.

Qidiruv parametrlari:

Kontakt qidirish usulini o‘zgartirish.

Chop etish kallagini tozalash sozlamalari:

Chop qilish kallagini tozalash uchun quyidagi sozlamalarni o‘rnatishingiz mumkin.

Avtomatik tozalash:

Chop qilishdan avval yoki chop qilgandan keyin chop qilish kallagi nasadkalarining tiqilib qolmaganligini tekshiring.

Tozalash natijasida zarur bo‘lgan hollarda chop qilish kallagini tozalash avtomatik ravishda bajariladi.

Muntazam tozalash:

Ma’lum sondagi sahifalar chop qilingandan keyin chop qilish kallagini tozalashni bajarish uchun Yoniq’ni tanlang.

Rang sezuvchanligini nusxalash:

Avtomatik dan foydalanib nusxa ko‘chirilayotganda hujjatning oq-qora yoki rangli ekanligini aniqlash uchun rangga sezgirlik sozlamasini tanlang.

Sezgirlikni Oq va qorani oshirish bilan Rangni oshirish orasidagi beshta darajasidan bittasidan tanlashingiz mumkin.

U Oq va qorani oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar oq-qoraga yaqinroq rangda skanerlanadi va Rangni oshirish ga yaqinroq tanlanganida hujjatlar rangli skanerlanadi.

Skanerni tozalash taklifi:

ADF skanerlash komponentlarini tozalayotganingizda xabardor qiluvchi xabar ko‘rsatilmasligini xohlasangiz, O‘chirish bandini tanlang.

Sanoq boshiga qaytish:

Interfeys tomonidan saqlangan rangli va monoxrom sahifalarning jami sonini qayta o‘rnatadi: Starndart tarmoq, Qo‘shimcha tarmoq va Boshqa.

Biroq bosmalarning jami soni va qog‘oz o‘lchami bo‘yicha chop qilingan sahifalar soni qayta o‘rnatilmaydi.

Ixtiyoriy tarzda o‘rnatilgan tarmoq interfeysidan chop qilingan sahifalar soni “Qo‘shimcha tarmoq” da va USB interfeys, faks, nusxalash kabilardan chop qilingan sahifalar soni “Boshqa” da sanaladi.

Interfeys tomonidan saqlaangan sahifalarning joriy sonini Foydalanish tarixi varag‘idan (Sozlamalar > Printer holati/Bosma > Ishlatish tarixi varag'i) tekshirishingiz mumkin.

Ichki xotirani tozalash:
HDD xotirasini tozalash sozlamalari:

Ichki qattiq diskka saqlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun sozlamalarni o‘rnatishni bajaring.

Chop qilish, nusxalash va skanerlash bo‘yicha ishlar autentifikatsiyali chop qilish va katta miqdorda nusxalash, skanerlash, chop qilish kabilarni bajarishda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun vaqtinchalik qattiq diskka saqlanadi. Ushbu ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish uchun sozlashlarni amalga oshiring.

Xotirani avtomatik tozalash sozlamasi:

Yoqilganida chop qilish yoki skanerlash yakunlangani kabi hollarda ma’lumotlar keraksiz bo‘lib qo‘lganida ko‘zlangan ma’lumotlar ketma-ket tarzda o‘chiriladi. O‘chiriluvchi ko‘zlangan ma’lumotlar bu funksiya yoqilganida yozilgan ma’lumotlardir.

Qattiq diskka murojaat qilish zarur bo‘lganligi tufayli quvvat tejash rejimiga kirish vaqti kechikadi.

Barcha xotirani tozalash:

Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajarib yoki qurilmani o‘chirib bo‘lmaydi.

  • Yuqori tezlik:

    Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.

  • Ustidan yozish:

    Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.

  • Uch karra yozish:

    Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.

Xavfsizlik sozlamalari:

Quyidagi xavfsizlik sozlamalarini o‘rnatishingiz mumkin.

Cheklovlar:

Panel qulfi yoqilganida quyidagi elementlarning sozlamalarini o‘zgartirishga ruxsat bering.

  • Topshiriqlar jurnaliga kirish

  • Kontaktlarni qo‘shish/o‘chirish

  • Faks Oxirgi foydalanish

  • Faks Uzatmalar jurnaliga kirish

  • Faks hisobotiga kirish

  • Tarmoq jildi/FTPga skanerlash – Saqlanganlar tarixini chop etish

  • E-pochtaga skanerlash – Oxirgi amallarga kirish

  • E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini ko‘rsatish

  • E-pochtaga skanerlash – Yuborilganlar tarixini chop etish

  • Til tanlash

  • Qalin qog‘oz tanlash

  • Sokin rejimni tanlash

  • Chop etish tezligi ustuvorligini belgilash

  • Ikkita qog‘oz uzatilganini aniqlash

  • Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi

  • Nusxani chiqarish lotogini o‘zgartirishga ruxsat

  • Qurilmani o‘chirish buyrug‘ini qabul qilish

Ruxsatlar boshqaruvi:

Mahsulot xususiyatlarini cheklab qo‘yish uchun Yoniq-ni tanlang. Bu foydalanuvchilardan boshqaruv paneli xususiyatlaridan foydalana olishlaridan avval o‘zlarining foydalanuvchi nomlari va parollari bilan boshqaruv paneliga kirishlarini talab qiladi. Noma’lum foydalanuvchi vazifalarini qabul qilish-da siz kerakli autentifikatsiya ma’lumotlariga ega bo‘lmagan ishlarga ruxsat berish yoki bermaslikni tanlashingiz mumkin.

Administrator sozlamalari:
  • Administrator paroli

    Ma’mur parolini o‘rnating, o‘zgartiring yoki bekor qiling.

  • Taqiqlash funksiyasi

    Administrator paroli-da qayd qilinga parol bilan boshqaruv panelni qulflash yoki qulflamaslikni tanlang.

Parol siyosati:

Parol siyosatini o‘rnatish uchun Yoniq-ni tanlang.

Parolni shifrlash:

Parolingizni shifrlash uchun Yoniq -ni tanlang. Shifrlash kalitini zaxiralash uchun siz USB qurilmasini ham ulashingiz mumkin. Qayta ishga tushirish paytida elektr ta’minotini o‘chirsangiz, ma’lumotlar buzilishi mumkin va printer sozlamalari o‘zlarining standart qiymatlariga qaytariladi. Agar bu yuz bersa, parol ma’lumotlarini qayta o‘rnating.

Taftish jurnali:

Audit jurnalini yozib olish uchun Yoniq -ni tanlang.

Ishga tushishida dasturiy tekshiruv:

Ishga tushayotganda printerning dasturini tekshirish uchun Yoniq-ni tanlang.

Mijozlar tadqiqoti:

Chop qilishlar soni kabi mahsulotdan foydalanishlar haqidagi ma’lumotlarni Seiko Epson Corporation-ga taqdim etish uchun Tasdiqlash ni tanlang.

Qayta o‘rnatmoq:

Quyidagi menyulardagi faks sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnating.

  • Tarmoq sozlamalari

  • Nusxa olish sozlamalari

  • Skanerlash sozlamalari

  • Faks sozlamalari

  • Barcha xotirani tozalash

    Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajarib yoki qurilmani o‘chirib bo‘lmaydi.

    • Yuqori tezlik

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.

    • Ustidan yozish

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.

    • Uch karra yozish

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.

  • Barcha maʼl-tlar va sozl-alarni tozalash

    Qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni hamda printerdagi barcha sozlamalarni o‘chiradi. Formatlash vaqtida boshqa operatsiyalarni bajara olmaysiz yoki qurilmani o‘chira olmaysiz.

    • Yuqori tezlik

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi.

    • Ustidan yozish

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan yozadi.

    • Uch karra yozish

      Maxsus o‘chirish buyrug‘i bilan barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun barcha joylardagi qolgan ma’lumotlarning ustidan uch marta yozadi.

Mikrodasturni yangilash:

Siz joriy versiyasi kabi mikrodastur ma'lumotlari va mavjud yangilanishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Mikrodasturni avtomatik yangilash:

Mikrodasturlarni avtomatik ravishda yangilash uchun Yoniq-ni tanlang. Yangilanish uchun haftaning kunini /boshlash vaqtini belgilash uchun Yoniq-ni tanlang.

Profilaktika/texnik xizmat rejimi:

Texnik xizmat ko‘rsatish/Servis xizmati rejimini o‘chirish uchun O‘chiq-ni tanlang.