Shaxsiy kompyuter uchun konfiguratsiyaga misol

Bu tushintirish kompyuterda hozirda tizimga kirgan foydalanuvchining ish stolida baham ko‘rilgan jild yaratish uchun misoldir.

Kompyuterga kiruvchi va administrator vakolatiga ega bo‘lgan foydalanuvchi ish stolidagi jildga va Foydalanuvchi jildi ostidagi hujjatlar jildiga kirishi mumkin.

Boshqa foydalanuvchiga shaxsiy kompyuterda o‘qish va yozishga ruxsat BERMAGANINGIZDA bu konfiguratsiyani o‘rnating.

  • Baham ko‘rilgan jildni o‘rnatish uchun joy: ish stoli

  • Jild yo‘li: C:\Users\xxxx\Desktop\scan_folder

  • Tarmoq orqali kirishga ruxsat berish (Ruxsatlarni baham ko‘rish): har kim

  • Fayllar tizimidagi kirishga ruxsat (Xavfsizlik): qo‘shmang yoki kirishga rusxat uchun Foydalanuvchi/Guruh nomlarini qo‘shing

  1. Baham ko‘riladigan jild yaratiladigan kompyuterga administrator vakolatiga ega bo‘lgan foydalanuvchi hisobidan kiring.

  2. Fayllar dispetcherini ishga tushiring.

  3. Ish stolida jild yarating va keyin uni “scan_folder” deb nomlang.

    Jild nomi uchun 1 tadan 12 tagacha harf va raqamli belgilarni kiriting. Agar jild nomi uchun belgilar limitidan ortib ketilsa, o‘zgaruvchan muhit orqali unga odatdagidek kira olmasligingiz mumkin.

  4. Jildga o‘ng tugmani bosing va keyin Xususiyatlar-ni tanlang.

  5. Baham ko‘rish panelida Qo‘shimcha baham ko‘rish-ni cherting.

  6. Bu jildni baham ko‘rish ni tanlang va keyin Ruxsatlar bandini bosing.

  7. Har kim bandini Guruh yoki foydalanuvchi nomlari guruhidan tanlang, O‘zgartirish bandida Ruxsat berish-ni tanlang va keyin OK tugmasini bosing.

  8. OK tugmasini cherting.

  9. Xavfsizlik panelini tanlang.

  10. Guruh yoki foydalanuvchi nomlari bandida guruh yoki foydalanuvchini belgilang.

    Bu yerda ko‘rsatiladigan guruh yoki foydalanuvchi baham ko‘rilgan jildga kirishi mumkin.

    Bunday hollarda bu kompyuterga kiruvchi foydalanuvchi va Administrator baham ko‘rilgan jildga kirishi mumkin.

    Zarur bo‘lgan hollarda kirish ruxsatini qo‘shing. Tahrirlash tugmasini bosish orqali uni qo‘shishingiz mumkin. Yanada ko‘proq ma’lumotlar olish uchun “Tegishli ma’lumotlar”ga qarang.

  11. Baham ko‘rish panelini tanlang.

    Baham ko‘rilgan jildning tarmoq yo‘li namoyish qilinadi. Bundan printer kontaktlariga ro‘yxatga olishda foydalaniladi. Uni yozib oling.

  12. Ekranni yopish uchun OK yoki Yopish-ni cherting.

    Faylning foydalanuvchilarning kompyuterlaridan yoki kirish ruxsatiga ega bo‘lgan guruhlardan o‘qib bo‘lishi va baham ko‘rilgan jildga yozilishi mumkinligini tekshiring.