Texnik xizmat Paneli

Chop qilish kallagi soplosini tekshirish

Chop qilish kallagi soplolarining tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun soploni tekshirish namunasini chop qiladi.

Chop qilish kallagini tozalash:

Chop qilish kallagidagi tiqilib qolgan soplolarni tozalaydi. Bu xususiyat ma’lum miqdorda siyohdan foydalanishi tufayli faqatgina soplolar tiqilib qolgan bo‘lsagina chop qilish golovkasini tozalang. Soploni tekshiruv namunasini chop qiling va keyin agar namunada biroz kamchiliklar bo‘lsa Tozalash-ni tanlang. Kuchli tozalash Tozalash’dan ko‘ra ko‘proq siyoh sarflaydi. Soploni tekshiruv namunasida ko‘p kamchiliklar mavjud bo‘lsagina undan foydalaning.

Job Arranger Lite:

Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.

EPSON Status Monitor 3:

EPSON Status Monitor 3 oynasi ochiladi. Bu yerda printer yoki ishlatiluvchi materiallarning holatini tasdiqlashingiz mumkin.

Kuzatuv sozlamalari:

EPSON Status Monitor 3 oynasidahi elementlar uchun sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi.

Kengaytirilgan sozlamalar:

Turli sozlamalarni o‘rnatishga imkon beradi. Ko‘proq ma’lumotlar olgani Yordam-ni ko‘rish uchun har bir elementga o‘ng tugmani bosing.

Bosma navbati:

Chop qilinishini kutayotgan ishlarni namoyish qiladi. Chop qilish ishlarini tekshirishingiz, to‘xtatishingiz yoki qayta boshlashingiz mumkin.

Til:

Printer drayveri oynasida foydalaniladigan tilni o‘zgartiradi. Sozlamalarni qo‘llash uchun printer drayverini yoping va uni yana qayta oching.

Dasturiy ta’minot yangilanishi:

Internetda ilovalarning eng yangi versiyalarini tekshirish uchun EPSON Software Updater ishga tushadi.

Onlayn buyurtma:

Epson siyoh kartrijlarini xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan saytga kirishga imkon beradi.

Texnik yordam:

Agar bu qo‘llanma kompyuteringizga o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘llanma ko‘rsatiladi. Agar u o‘rnatilmagan bo‘lsa, qo‘llanmani va mavjud texnik ko‘makni tekshirish uchun Epson veb-saytiga ulanishingiz mumkin.